Spotify haqida qiziqarli 10 ta fakt

Spotify haqida qiziqarli 10 ta fakt

Musiqa ongimizga bir necha usulda ta’sir o‘tkazadi. Musiqa va ohang hayotimizda shunchalik ahamiyat kasb etadiki, musiqa borasidagi didimiz bizning shaxsimizni aniqlashda ham o‘rin tutadi.

Hozirgi kunda musiqa tinglash uchun bir necha usul va vositalar mavjud. Bular qatoriga Apple Music, Spotify va Pandora kabi striming (oqimli) xizmatlarini kiritishimiz mumkin. Quyida shular orasida eng ommaboplaridan bo‘lgan Spotify xizmati haqidagi qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.

1. Spotify'ga 2006 yilda Shvetsiyada asos solingan.
2. 2021 yil holatiga ko‘ra, Spotify 170 dan ortiq mamlakatda mavjud.
3. Ilova 50 milliondan ortiq musiqa treklarini o‘zida jamlagan.
4. Spotify AQShda 2011 yilga kelibgina mavjud bo‘lgan.
5. 2021 yil holatiga ko‘ra, Spotify'ning 345 milliondan ortiq oylik faol foydalanuvchilari mavjud.
6. «Spotify» so‘zi inglizcha «spot» («topish») va «identify» («aniqlash») so‘zlaridan olingan.
7. Ed Shiranning «Shape of You» qo‘shig‘i Spotify'da bir oy ichida eng ko‘p strim qilingan qo‘shiq hisoblanadi.
8. Spotify san’atkorlarga har bir strim uchun o‘rtacha 0.00318 AQSh dollari miqdorida pul to‘laydi.
9. Spotify'dagi musiqalarning deyarli 25% i umuman striming qilinmagan.
10. Spotify'da bir soat qo‘shiq tinglash o‘rtacha 40MB trafik talab qiladi.

O‘QING: O‘zbekiston bozoriga Spotify kirib kelmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.