Spotify Rossiya, Qozog‘iston va yana bir qator davlatlarga kirib keldi

Spotify Rossiya, Qozog‘iston va yana bir qator davlatlarga kirib keldi

Spotify Yevropa bo‘ylab o‘z xizmatlari qamrovini kengaytirishda davom etmoqda. Musiqiy striming servisi endilikda Sharqiy Yevropaning 13 ta davlatda mavjud. Bu bilan Spotify'dan rasman foydalanish imkoni bo‘lgan davlatlar soni 92 taga yetdi.

Spotify endilikda Albaniya, Belarusiya, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Qozog‘iston, Kosovo, Moldova, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Rossiya, Serbiya, Sloveniya va Ukraina davlatlarida ham mavjud.

Ushbu davlatlar aholisi bugundanoq striming xizmatidan foydalanib, 50 million qo‘shiq, 4 milliard pleylist va mahalliy musiqalardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Xizmatning reklamali tekin versiyasi hamda reklamasiz Premium, Oilaviy Premium, Talabalar uchun Premium va DUO to‘lov rejalari mavjud.

Yuqoridagi 13 davlat qo‘shiqchilarining 200 ta pleylisti Spotify bazasiga qo‘shildi. Kompaniya Rossiya bozoridan katta umid qilmoqda. Spotify'dagi treklarni ulashish imkonini beruvchi Instagram musiqiy hikoyalari ham endilikda Rossiyada mavjud.

Ammo rus tilidagi podkastlar Spotify bazasida mavjud bo‘lmaydi, sababi striming servisining fikricha, ruscha podkastlar hozircha Spotify talabiga javob beradigan darajada mukammal emas.

O‘QING: Spotify Lite testdan o‘tmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!