«Stalin marsliklarga qarshi 4» – naq Kremldan chiqqan kiber-o‘yin! (+video)

  •   DiMaX
  •  909
  •  25.04.2019 11:57

«Stalin marsliklarga qarshi 4» – naq Kremldan chiqqan kiber-o‘yin! (+video)

Dreamlore Games o‘yin studiyasi 2009 yili «Stalin marsliklarga qarshi» nomli antiqa mahsulotini taqdim etgan edi. Uni geymerlar va tahlilchilar turlicha, hatto bir-biriga zid munosabatlar bilan qarshi olishgan.

O‘QING: Xitoy qonli va g‘oyaviy jihatdan noto‘g‘ri o‘yinlarni taqiqlayapti

Keyinchalik Dreamlore Games studiyasining o‘zi ham yo‘qlikka yuz tutdi – uni KREMLINCORP Entertainment GmbH kompaniyasi o‘ziga qo‘shib oldi. O‘zining ta’kidlashicha, bu kompaniya qayerlardadir Kremlning o‘zida joylashgan!

Xullasi kalom, kremllik ushbu kompaniya yuqoridagi mahsulotning yangi talqini – «Stalin marsliklarga qarshi 4» o‘yinini e’lon qildi. Mana, unga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani tomosha qiling:

«Stalin vs. Martians 4» o‘yini – izometrik shuter bo‘lib, unda «sizni nimagadir o‘rgatuvchi» syujetga e’tibor berilgan. Dasturchilarning ma’lum qilishicha, u «Katamari Damacy o‘yiniga o‘xshash, faqat uning teskarisi».

Xabarda «Stalin marsliklarga qarshi 4» o‘yini kelasi yili taqdim etilishi aytilgan. Taxminlarga ko‘ra, Kremldagi dasturchilar uni kompyuterlarda o‘ynashga mo‘ljallashgan.

O‘QING: Pavel Durov: Kreml bilan jang, sargardon umr, Telegram va qiymati oshayotgan bitkoynlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!