Star Wars Battlefront II o‘yinini bir umr bepul o‘ynash uchun 21 yanvargacha olib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  674
  •  15.01.2021 17:46

Star Wars Battlefront II o‘yinini bir umr bepul o‘ynash uchun 21 yanvargacha olib qo‘ying!

Epic Games Store raqamli servisi yana hafta so‘ngida ayrim o‘yinlarni vaqtincha bepul tarqatish an’anasini davom ettirmoqda. Bu gal u bayramona nashrdagi Star Wars Battlefront II o‘yini tekinga tarqatmoqda.

O‘QING: «Yulduzlar jangi»: afsonaviy o‘yin iPhone va Android-smartfonlarga ham chiqyapti (+video)

O‘yinlar do‘konining saxovati doirasiga Star Wars Battlefront II bazaviy o‘yinidan tashqari, uning relizidan buyon chiqqan turli anjomlar ham kiritilgan.

Ularni butunlay olib qo‘yish uchun ushbu havola orqali Epic Games Store do‘koniga o‘tishingiz mumkin. O‘yinning bepul tarqatilishi 21 yanvargacha davom etadi – shungacha olib ulguring va bu xabarni geymer do‘stlarlingizga ham yetkazing.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq biz Golden Joystick 2020 marosimida 25 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlangan eng zo‘rlarini, shuningdek, smartfon egalari 2020 yilda eng ko‘p pul sarflagan o‘yinlar ro‘yxatini e’lon qilganmiz.

Bulardan tashqari, Google Play talqinida 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari hamda Apple’ning turli gadjetlari uchun 2020 yilgi eng zo‘r o‘yin va ilovalar reytinglari ham sizni befarq qoldirmasa kerak.

O‘QING: Metacritic reytingi: 2020 yilning eng zo‘r beshta o‘yini (+video)