Starlink «fazoviy» internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2201
  •  13.08.2020 15:57

Starlink «fazoviy» internetini sinab ko‘rganlarning hafsalasi pir bo‘ldi!

SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi doirasida butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashga mo‘ljallangan. Bu xizmatdan foydalanishni istovchilar uchun uning rasmiy saytida arizalar qabuli boshlangan edi. Keyinroq esa...

O‘QING: Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

Ayni damda testlar doirasida faqatgina AQSh shimolidagi hamda Kanada janubidagi sinovchilar ushbu internetdan foydalanib ko‘rishmoqda. Kompaniya rahbari Ilon Mask ushbu «fazoviy» internetning tezligi soniyasiga 1 gigabitgacha yetishini va’da qilgan edi. Yaqinda ushbu yangi provayder test doirasida taqdim etayotgan internetni sinab ko‘rgan sinovchilar uning tezlik ko‘rsatkichlarini e’lon qilishdi.

Afsuski, Starlink interneti Mask va’da qilgan «fazoviy» tezlikdan ancha sust ishlar ekan. Unda ma’lumotni tortib olishning maksimal tezligi 45,9 Mbit/soniya bo‘lsa, yuklsh tezligi undan ham past – 10,1 Mbit/soniyaga teng!

Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, SpaceX hali barcha sun’iy yo‘ldoshlarni uchirib ulgurmagan va, tabiiyki, tizim bor kuchi bilan ishga tushirilmagan.

Shuningdek, yaqinlargacha ko‘plab xabarlarda Starlink interneti bepul bo‘lishi aytilayotgan edi. Ammo keyingi paytlarda uning interneti pulli, lekin past narxlarda taqdim etilishini aytishyapti. Shunga qaramay, u hozirgi mobil va simli internetlardan ancha arzon bo‘ladi; asosiysi – hamma joyda ishlaydi.

O‘QING: Ilon Mask boylar reytingida Uorren Baffetni ortda qoldirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!