Starlink keyingi yildan O'zbekistonda ham ishga tushadi(mi?)

Starlink keyingi yildan O'zbekistonda ham ishga tushadi(mi?)

Ilon Mask rahbarlik qiladigan SpaceX kompaniyasi o'zining Starlink sun'iy yo'ldosh internet loyihasi endilikda butun dunyo bo'ylab 32 mamlakatlarda mavjud ekanligini e'lon qildi. Shuningdek, kompaniya Starlink xizmati mavjudligi holatini ko'rsatib turuvchi xaritani ham ishga tushirdi.

Xaritada Yevropa va Shimoliy Amerikaning aksariyat qismi, shuningdek, Janubiy Amerika, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning ma'lum bir qismlarida Starlink xizmati mavjudligini ko'rish mumkin. Dunyoning qolgan ko'p qismi, butun Afrika qit'asi va Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari, xususan O'zbekiston uchun esa xizmat 2023-yildan ishga tushirilishi ko'rsatilgan.

Ta'kidlash joizki, 10-11-may kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Space Technology Conference STC-2022 xalqaro konferensiyasida AKT vaziri va O'zbekkosmos bosh direktori O'zbekistonga kelgan SpaceX vakili Ben Mak Villiams bilan uchrashuv o'tkazgan edi. Uchrashuvda Starlink loyihasining O'zbekistonga kirishi muhokama qilinib, kompaniya vakiliga mamlakatimizda ham SpaceX vakolatxonasini ochish taklif qilingan edi.

O'QING: O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi emojidan foydalanishadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!