Starlink O‘zbekistonga ham keladimi?

Starlink O‘zbekistonga ham keladimi?

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan O‘zbekistonda ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu haqida “O‘zbekkosmos” agentligi boshqarma boshlig‘i Muhiddin Ibragimov bergan ma’lumotlarga asoslanib, Daryo nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, agentlik rahbariyati Maskning Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari bilan hamkorlik qilish maqsadida ularga aloqaga chiqqan va loyiha xodimlarini O‘zbekistonga taklif qilishgan.

“2021-yilning iyun oyida delegatsiya vakillari yurtimizga tashrif buyurdi va mazkur texnologiyani O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha ilk kelishuvga erishdik. Muzokaralar davom etmoqda. Chunki har bir davlatning o‘z qonun-qoidalari mavjud.

Joriy yilning 10–11-may kunlari Toshkentda agentlik tomonidan Markaziy Yevrosiyo mintaqasida ilk bor xalqaro kosmik texnologiyalar konferensiyasi (STC-2022) bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik konferensiyada SpaceX kompaniyasining Starlink loyihasi delegatsiyasi ham qatnashadi va kelishuvning keyingi bosqichini o‘tkazamiz. Bundan tashqari, bir qator internet sun’iy yo‘ldoshlari vakillari ham ishtirok etadi”, — deydi Muhiddin Ibragimov.

O‘QING: Skype O‘zbekistonda erkinlikka chiqarildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!