Startapchi talabalar London yo‘llanmasi va 2500 funt sterlingga ega bo‘lishmoqda

  •   DiMaX
  •  528
  •  01.06.2019 18:05

Startapchi talabalar London yo‘llanmasi va 2500 funt sterlingga ega bo‘lishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi «Creative Spark» – talabalar orasida faol va kreativ tadbirkorlikni ommalashtirish loyihasida London Metropoliten universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur loyiha Britaniya kengashi tomonidan moliyalashtiriladi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirishda Finlyandiya tajribasi

Shu kunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari Toshkent shahridagi bir nechta oliy ta’lim muassasalarida fevral-aprel oylarida mahorat darslari va seminarlar o‘tkazib kelishdi. Musobaqada qatnashish uchun talabalardan o‘z g‘oyalarini 1 daqiqalik video-taqdimot ko‘rinishida topshirishlari talab qilingan edi.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga 30 ga yaqin video-taqdimotlar kelib tushdi. London Metropoliten universiteti va vazirlik xodimlaridan iborat hay’at a’zolari ushbu videolarni baholadilar. Ulardan 10 nafar eng yaxshilari saralab olindi va jamoalar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Ular quyidagilardir:

  1. «Life Easymakers»
  2. «Bridge Up»
  3. «Linguaseek»
  4. «Internship»
  5. «URead»
  6. «Business glossary»
  7. «C2C Parcel Delivery»
  8. «Student TV»
  9. «KETTU»
  10. «Familia»

Endi ushbu loyihalar respublika bosqichida barcha hamkorlar tomonidan saralab olingan 100 ga yaqin jamolar bilan eng kuchli to‘qqizlikka kirish uchun bellashadilar. Eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari joriy yilning sentyabr oyida Londonda tashkil etiladigan 1 haftalik o‘quv kursiga yo‘llanma va bizneslarini boshlashlari uchun 2500 funt sterling miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritadilar. Sovrindorlar esa hamkorlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar, deyiladi xabarda.

O‘QING: Yuqori texnologiyalar sohasida nega oqsayapmiz?