Startaplarning 11 ta xatosi: qanday qilib ularning oldini olish mumkin?

Startaplarning 11 ta xatosi: qanday qilib ularning oldini olish mumkin?

Startaplarning boshlang‘ich bosqichlarida ko‘pincha ishbilarmonlik tajribasi, aloqa, investitsiyalar va jamoasi bo‘lmagan odamlar turadi. Bundan tashqari, ularda odatda biznes bo‘yicha bilim va ko‘nikma yetishmaydi. Ko‘p hollarda biznesni hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan talabalar boshlashadi. Hatto tajribali rahbarlar ham xato qiladilar. Ish boshlayotgan tadbirkorlar haqida nima ham deya olamiz?

Lekin men uchun haqiqiy ishbilarmon va tadbirkor to‘siqlar va xatolar yo‘lidan boradigan insondir. Keyin ularni tahlil qilib, tegishli xulosalar chiqarishadi. “Skolkovo” texnoparki bosh direktori Renat Batirov o‘zining tajribasi haqida gapirib berdi.

Ko‘pchilik tadbirkorlar yo‘l qo‘yadigan eng ko‘p tarqalgan xatolar ro‘yxatini tuzdim. Men ham istisno qilinmagandim. Bundan tashqari, mening tajribam va mavqeim atrofdagi ish boshlayotgan ishbilarmonlarni kuzatishimga imkon beradi. Xatolarning aksariyati halokatli emas, ammo agar siz ulardan qocha olsangiz, bu yosh tadbirkorlarga katta kuch, vaqt va pulni tejash imkonini beradi. Yaxshi hamki, barcha bu xatolar oldindan yig‘ilib, tizimlangan holda to‘planishi mumkin.

1xato: Maqsadlar noto‘g‘ri qo‘yiladi

Ish boshlayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qila turib, men qanday sabablar ularni biznesni tashkil qilishlariga turtki berishi bilan qiziqaman. Ko‘pincha ular menga shunday javob berishadi: «Yaxshi pul topishni istayman». Biznesdagi pulni uzoq kutishga to‘g‘ri keladi: birinchi navbatda siz jarayon samaradorligiga chiqish, investitsiyalarni qaytarish, qarzlarni to‘lash, qayta moliyalashingiz kerak bo‘ladi.

Faqat ana shundagina sizda erkin mablag‘ bo‘ladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznesda pul topish emas, balki yo‘qotish osonroq, bu esa ko‘p hollarda sodir bo‘ladi. Erkin mablag‘lar mavjud bo‘lganda – o‘z bizneslarini rivojlantirishni xohlaydiganlarning aksariyati ularni o‘zlarining sevimli ishlariga kiritishadi.

Biznesni tashkil qilish yo‘lidan ketgan odamning ikkinchi javob “Men erkin bo‘lishni xohlayman” tarzida bo‘ladi. Haqiqatan ham, biznesni yaratgan dastlabki yillarda uning vaqti asosan oyoqqa turib olishga sarflanadi. Erkinlik haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas: barcha resurslar biznesni rivojlantirishga ketadi. Agar yollangan xodimlar va aksiyadorlar qayiqni xohlagan vaqtda tark etsa, siz doimo boshqaruv rulida turishingiz kerak.

Uchinchi umumiy sabab – «meni qadrlashlari va e’tirof etishlarini istayman». Ushbu maqsadga erishish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi. Bir muhim nuqta bor – siz kuniga 15 soatlab ishlagan vaqtingizda yaqin odamlardan uzoqlashasiz. Bu shunga arziydimi o‘zi?

«Men rivojlanish va g‘oyalarimni amalga oshirishni xohlayman». Aslida yollanma ishchilar ham rivojlanishi mumkin – bu faqat sizning ustuvor vazifalaringizga aloqador savollardir.

«Men biznes egasining maqomiga ega bo‘lishni xohlayman». Aslida, mulkka egalik va hukmronlik hissi odatda aldamchi bo‘ladi, chunki tadbirkor juda ko‘p tartibga soluvchi organlar, aksiyadorlar, sheriklar, mijozlar, qo‘l ostidagilarga qaram bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigan holat – savdo bo‘yicha menejerlar, huquqshunoslar va maslahatchilar ishdan bo‘shasalar, o‘zlari bilan barcha mijozlar bazasini ham olib ketishadi.

«Men yorqin, boy hayotni xohlayman». Aslida, tadbirkorning kundalik hayoti soliq xodimlari, huquqshunoslar, qo‘l ostidagilar, investorlar, kredit bergan bank vakillari bilan muloqot qilish bilan o‘tadi. Har kuni qabul qilingan qarorlar bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmamizga olish va yakuniy natijalarga javobgar bo‘lishi kerak. Masalan, bu meni bezovta qilmaydi. Siz o‘zingiz haqida shunday ayta olasizmi?

«Men o‘zim va farzandlarim, nabiralarim kelajagini ta’minlashni istayman». Ko‘pincha biznes uning asoschilaridan ancha oldin o‘ladi. Agar ish boshlashan tadbirkorning vazifasi o‘z kelajagini ta’minlash bo‘lsa, u savdo  uchun jozibador biznesni yaratishga intilishi kerak. Yoki uning farzandlari va nabiralari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan oilaviy biznesni tashkil qilish yo‘lidan borishi talab etiladi, ammo tadbirkorlikdagi bunday voqealar ko‘p emas.

Men talaba bo‘lganimda o‘z pulimga ega bo‘lishim muhim edi, keyin oilamni ta’minlash tashvishiga tushgandim. Boshqa kishilarga yordam berish g‘oyasi meni doimo harakatga boshlardi. Lekin vaqt o‘tishi bilan men butun dunyoga dong‘i ketgan biznesmenlarning boshidanoq dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilishganliklarini tushunib yetdim.

O‘QING: 2018 yil faoliyatini yakunlagan 25 ta eng qimmat startap

2-xato. Vazifalarni topshira olmaslik, barcha narsada mustaqil bo‘lishga harakat qilmaslik

Ish boshlaganimda barcha vazifalarni o‘zim qilishga harakat qilardim. Nihoyat, bu meni ruhan holdan toydirdi va ishchilarni ruhini tushirishga olib keldi. Men temir qoidani kiritdim – vazifalarni boshqalarga topshirish. Buning uchun o‘zingizdagi dangasalikni rivojlantiring. Agar dam olishni o‘rgansangiz, xotirjam bo‘lasiz – ana shundagina biznesdagi yangi yo‘nalishlarni ochish, uni optimallashtirish hamda o‘zingizning va yaqinlaringizga ko‘proq vaqt ajratishingiz mumkin bo‘ladi.

“Pilot” nomli ilk kompaniyamda men va ikkita boshqa muassis o‘zimiz barcha ishlarni bajarardik. Biroq tez orada biz texnik mutaxassislarni ishga yolladik. To‘g‘ri, kelgusi besh yil mobaynida biznesni rivojlantirishning barcha moliyaviy va huquqiy, strategik masalalarini o‘zimiz hal qildik. Yangi yo‘nalishlarda ishlash uchun vaqt va kuchimiz qolmasdi. Faqatgina yangi yo‘nalishlardagi rahbarlarning har biriga ishning 99 foizini  topshirganimizda kompaniya jadal rivojlanishga erishdi. Mazkur odamlarni qidirib, ularni o‘rgatishimiz uchun yana besh yil vaqt kerak bo‘ldi, lekin oxir-oqibat bizda barcha rejalarimiz amalga oshdi. Besh yil oldin ijrochi direktor topilganda men rahbarlikdan ketdim.

3-xato. Tezkor qarorlar qabul qila olmaslik.

Kechiktirib qaror qabul yoki umuman bu ishni amalga oshirishdan ko‘ra noto‘g‘ri qaror qabul qilgan ma’qul. Safar davomida rivojlanish tezligini yo‘qotishdan ko‘ra qayiqni 180 daraja aylantirish ancha samarali. Men har doim bu ko‘nikmaga ega emas edim. Endi men uni o‘rganganimda biznesning samarali rivojlanishi qanchalik muhimligini tushunib yetdim. Mobil ilovalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniya rivojlanishi uchun 100 ming dollar hissa qo‘shishimni taklif qilgandi. Dastlab men uzoq vaqt qaror qabul qilishga o‘ylandim, keyin esa pulni qayerdan olish kerakligi haqida bosh qotirdim. Oxirida boshqa loyihaga sarmoya kiritdim. Keyinroq ikki yil ichida bu kompaniyaning 50 foiz qiymati taxminan 3 million dollarni tashkil etganini bilib qoldim.

4xato. Moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini yurita olmaslik.

Ko‘pincha kompaniyalar o‘z xarajatlari va daromadlari ustidan nazoratni yo‘qotishgani uchun tanazzulga yuz tutishadi. Moliya bo‘yicha ma’lumotga egaman, lekin shunga qaramay, men bir marta jiddiy xato qildim, chunki buxgalteriya hisobi uchun yetarlicha e’tibor bermadim. Natijada loyihalarim ikki marotaba bankrot bo‘ldi, biroq vaziyatni o‘ngladim. Aslida esa sizga savodli moliya bo‘yicha direktor yordam berishi kerak. Ayni paytda siz uni ishga yollay olmas ekansiz, o‘zingiz moliyaviy hisoblashning barcha murakkabliklarini tushunishingiz kerak.

5xato. Moslashuvchanlikning yo‘qligi

Tadbirkor har doim xarq qanday xavfga tayyor bo‘lishi kerak: tashqi vaziyat shu qadar tez o‘zgarib boradiki, qarorlarni deyarli bir zumda qabul qilishga to‘g‘ri keladi, aks holda qulay imkoniyat boy berilishi mumkin. «FABRIKA» axborot texnologiyalari parkini yaratishga kirishganimda moliya masalalari bo‘yicha yordamchi menga bu loyihaga investitsiya qilishni maslahat bermadi. Sababi loyiha istiqbolli bo‘lmagani uchun emas, balki investitsiya 250 yildan so‘ng o‘zini qoplagani uchundir.

Lekin men bu loyiha bilan shug‘ullanishga qaror qildim. Shunday qilib, men texnologiya biznesini yaratdim, bu menga qiziqarli insonlar bilan tanishishga imkon berdi. Natijada investitsiyani qaytarish muddati keskin kamaydi. Yangi tajriba va obro‘yim “Skolkovo” texnoparkini boshqarishga imkon berdi. Agar biznes-rejaga aniq amal qilganimda edi, hech narsa yuz bermagan bo‘lar edi.

6-xato. Xavfsizlik masalalarini baholay olmaslik.

Ko‘pincha tadbirkorlar xavfsizlik masalalari haqida oxirida o‘ylashadi. Huquqiy va axborot xavfsizligi masalalariga e’tibor berilmasa, biznesga jiddiy ravishda ta’sir qilishi mumkin. Maxfiy axborotning sizib chiqishi biznesni xavf ostida qoldirishi mumkin.

Shunday qilib, xodimlar, mijozlar, sheriklar, yuqori menejerlar bilan tuzilgan barcha kelishuvlar qonuniy ravishda rasmiylashtirilishi kerak.

O‘QING: Dunyodagi eng qimmat startap

7-xatoIshonch hech narsa bilan mustahkam emasligi.

Men bu xatoga o‘zim ham hozirga qadar yo‘l qo‘yaman, lekin oldingiga qaraganda ancha kamroq darajada. Shunday qilib, xodimlar, mijozlar, sheriklar, yuqori menejerlar bilan tuzilgan barcha kelishuvlar qonuniy ravishda bajarilishi kerak. Uchrashuvdan so‘ng barcha muhim masalalar darhol yozma ravishda yozilishi kerak. Muzokaralar natijasida odamlar ko‘pincha ajralib ketishadi, vaqt o‘tishi bilan har bir kishi savolni o‘z nuqtai nazaridan – unga foyda keltiradigan tarzda tushunib chiqadi.

8-xato. Biznesga nisbatan faqat daromad manbai sifatida qarash.

Stiv Jobs, Mark Sukerberg – bu odamlarni o‘z ishlariga bo‘lgan zavq-shafq boshqargan, ular o‘zlari shug‘ullanayotgan ishga o‘ta darajada qiziqishgan. Shuning uchun ular o‘z quvvatlari bilan odamlarga zavq bera olishadi. Odamlar ular haqida gapirishadi, yozishadi, ishonishadi va ularga hayrat ko‘zi bilan qarashadi. Agar tadbirkor dastlab biznesni faqat pul topish imkoniyati deb hisoblasa, unda u o‘z samarasini bermaydi. Jamoani, hamkorlarni, investorlarni ishonch bilan to‘lqinlantira olmaydi. Masalan, men faqat sevgan ishimni bajaraman.

9-xato. Pul hamma narsani qabul qiladi. Investorga umid qilish

Men bugun ko‘rayotgan ko‘plab yangi startap egalari investorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri borishga tayyor. U ko‘proq pul bersa-yu, biznesga u qadar aralashib, katta qiziqish ko‘rsatmasa. Imkoni boricha o‘zingizning mablag‘ingiz bilan biznesni rivojlantirishingiz kerak.  Men har doim shunday deb o‘ylayman, yildan-yilga bu ishonchim mustahkamlanib boryapti. Yoki bankka murojaat qiling. Investorsiz imkon qadar uzoqroq ishlash kerak deb o‘ylayman. Faqatgina biznesni yanada rivojlantirish masalasi yuzaga kelganda,  sur’at tezlik bilan jiddiy sur’atda pastga tushayotganda – investitsiyalarni jalb qilish haqida o‘ylasa bo‘ladi.​

10-xato. Qanday ishlab topganingiz emas, qancha topganingiz muhim!

Ba’zan sizga tez pul topish taklifi bilan murojaat qilishadi. Bunda mo‘maygina pul miqdorini ham aytishadi, ammo bitta «lekin»i bor: siz axloqiy tamoyillarni unutib qo‘yishingiz kerak, chunki noqonuniy sxema taklif etiladi. Bu kabi hikoyalarning nihoyasi quvonchli bo‘lmaydi. Hamkasblaringiz, qo‘l ostingizdagilar va hamkorlarning qadriyatlari sizniki bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Agar siz va sizning bo‘ysunuvchilaringiz umumiy qarashlaringiz bir xil bo‘lsa, biznesingizni uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatli rivojlantira olasiz.

11-xato. Professional va shaxsiy jihatdan zaifroq bo‘lganlarga ishoning.

Ba’zi aksiyadorlar va toplar o‘zlaridan ko‘ra ko‘proq aqlli va professional xodimlarni yollashdan qo‘rqishadi. Bunday odamlar raqobatdan qo‘rqishadi, garchi ular buni hech kimga, hatto o‘zlariga ham tan olishmaydi. Lekin zaif xodimlar, noaniq, yetakchilik qobiliyati bo‘lmagan, ahmoq ijrochilardan tashkil topgan jamoa biznesingizni to‘xtatadi.

O‘QING: Tanishing: gibrid klaviatura yoki sichqoncha(foto)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!