Statistika: Android 12 toshbaqa tezligiga tarqalmoqda

Statistika: Android 12 toshbaqa tezligiga tarqalmoqda

Oldinlari Google o‘zining Android operatsion tizimining tarqatilishi haqida raqamlarda ma’lumotlar berib turar edi va bu Android'ning yangi versiyalari qanchalik yaxshi qabul qilinayotganini ko‘rishning ajoyib usuli edi, lekin bu an’ana keyinchalik to‘xtatib qo‘yildi.

Dunyo bo‘ylab o‘zining oyiga 130 milliondan ortiq aktiv foydalanuvchilariga tayanib Uptodown ilovalar do‘koni o‘zining Android operatsion tizimi versiyalaridan foydalanish haqidagi raqamli ma’lumotlarini taqdim qildi. Statistikaga ko‘ra, hozirda 29.5% foydalanuvchilar bilan Android 11 eng ko‘p foydalanilayotgan Android versiyasi bo‘lib turibdi. Undan keyingi ikkinchi o‘rinni 25.2% foydalanuvchilar bilan Android 10, keyingi uchinchi o‘rinni esa 11.5% odamlarga ega Android (9.0) Pie band qilgan. O‘tgan yilning sentyabrida taqdim qilingan so‘nggi avlod Android operatsion tizimi esa, besh yil oldin chiqarilgan va ro‘yxatda 11% odamlar qurilmasiga o‘rnatilganligi bilan to‘rtinchi o‘rinda turgan Android (8.1) Oreo'dan keyingi pog‘onani, atigi 2.6% foydalanuvchilar bilan band qilgan.

Uptodown, shuningdek, o‘zining foydalanuvchilari orasida qaysi Android smartfon ishlab chiqaruvchi brendi ommabopligi va operatsion tizim uchun eng ko‘p foydalanilayotgan brauzerlar statistikasini ulashdi. Unga ko‘ra, 130 milliondan ortiq foydalanuvchilar orasida Samsung smartfonlari eng mashhur va unda hech qanday shubhasiz Chrome brauzeri eng ko‘p ishlatiladi.

O‘QING: Deezer bu borada eng birinchi bo‘ldi

 
 
 
 
Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!