Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

  •   DiMaX
  •  1757
  •  29.12.2018 14:30

Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)

Valve kompaniyasi yakuniga yetayotgan 2018 yildagi eng ommalashgan o‘yinlarni e’lon qildi. Avval The Game Awards hamda The Golden Joystick Awards ham bu borada o‘z versiyalarini taqdim etishgan.

O‘QING: The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi

Shunisi borki, Valve kompaniyasi Steam platformasidagi o‘yinlarning ommaboplik reytingini e’lon qilar ekan, ularning sotilish miqdorini aniq aytmagan. Steam Awards ro‘yxatida o‘yinlar sotilishi bo‘yicha faqatgina «Platina», «Oltin», «Kumush» va «Bronza» toifalariga ajratib e’lon qilingan.

Shu tariqa, 2018 yilda eng ko‘p sotilgan o‘yinlar ro‘yxatida PUBG, GTA5, Far Cry 5, Assassin’s Creed: Odyssey, Monster Hunter: World, Rainbow Six Siege, Rocket League hamda Civilisation 6 kabilar mavjud.

O‘QING: 2018 yilda eng ommalashgan o‘yin va ilovalar: foydalanuvchilar ularga 76 milliard dollar sarflashgan!

Tugallanib borayotgan 2018 yilda eng ommalashgan, ya’ni bir vaqtning o‘zida ko‘p geymerlar tomonidan o‘ynalganlar reytingida esa PUBG, GTA5, Rainbow Six Siege, Path of Exiles, Warframe, Realm Royal, Team Fortress, Dota 2, Monster Hunter: World va CS GO o‘yinlar bor.

Xo‘sh, siz bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz? Yoki videoo‘yinlarni faqatgina zarar keltiradi, deb hisoblaysizmi?

O‘QING: Videoo‘yinlar miyani rivojlantirar ekan – olimlar buni Dota 2 misolida isbotlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!