Steam Awards 2020: Yilning eng zo‘r o‘yinlarini o‘zingiz tanlang!

  •   DiMaX
  •  863
  •  23.12.2020 17:57

Steam Awards 2020: Yilning eng zo‘r o‘yinlarini o‘zingiz tanlang!

2020 yil bo‘ycha Google Play talqiniga ko‘ra eng yaxshi o‘yinlar hamda Apple gadjetlari va servislari uchun eng ma’qul o‘yinlar ro‘yxatlari allaqachon chiqqan. The Game Awards 2020 marosimida esa o‘yin industriyasida bu yilgi eng zo‘rlari taqdirlangan. Shuningdek...

O‘QING: Antiqa reyting: 2020 yilning eng yomon o‘nta o‘yini!

Valve kompaniyasi esa o‘zining Steam Awards 2020 tanlovi nominantlarini e’lon qilgan va ularning eng yaxshilarini oddiy foydalanuvchilar ovoz berish yo‘li bilan tanlashadi. Hozirgi kunda turli nominatsiyalar bo‘yicha finalgacha yetib kelgan o‘yinlar quyidagilardir:

  1. Yilning eng zo‘r o‘yini
  • Red Dead Redemption 2
  • Hades
  • DOOM Eternal
  • Fall Guys
  • Death Stranding
  1. Virtual reallikdagi eng yaxshi o‘yin
  • Half-Life: Alyx
  • Phasmophobia
  • The Room VR: A Dark Matter
  • Thief Simulator VR
  • Star Wars: Squadrons
  1. Sevimli o‘g‘lon
  • Counter-Strike: Global Offensive
  • Among Us
  • Terraria
  • The Witcher 3: Wild Hunt
  • No Man’s Sky
  1. Do‘st o‘yinda bilinar
  • Fall Guys: Ultimate Knockout
  • Sea of Thieves
  • Borderlands 3
  • Deep Rock Galactic
  • Risk of Rain 2
  1. Ajralib turuvchi vizual uslub
  • Ori and the Will of the Wisps
  • Battlefield V
  • There Is No Game: Jam Edition 2015
  • Marvel’s Avengers
  • Black Mesa
  1. Eng innovatsion geympley
  • Death Stranding
  • Control Ultimate Edition
  • Superliminal
  • Noita
  • Teardown
  1. Siz uddalay olmayotgan eng yaxshi o‘yin
  • Apex Legends
  • Crusader Kings III
  • Ghostrunner
  • FIFA 21
  • GTFO
  1. Eng yaxshi saundtrek
  • DOOM Eternal
  • Halo: The Master Chief Collection
  • Helltaker
  • Need for Speed Heat
  • Persona 4 Golden
  1. Ajralib turuvchi syujetli eng yaxshi o‘yin
  • Red Dead Redemption 2
  • Detroit: Become Human
  • Mafia: Definitive Edition
  • Metro Exodus
  • Horizon Zero Dawn Complete Edition
  1. Qulayroq o‘rnashib oling
  • The Sims 4
  • Microsoft Flight Simulator
  • Satisfactory
  • Untitled Goose Game
  • Factorio

Aytish kerakki, nominantlarni Valve emas, balki geymerlarning o‘zlari taklif etishgan va yuqoridagilar orasida tanlash uchun ham sizu biz kabi foydalanuvchilar ixtiyoriga havola etilgan. Ular orasidan o‘zingizga ma’qul o‘yinlarga ovoz berish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin – jarayon 2021 yilning 3 yanvari oqshomigacha davom etadi.

O‘QING: Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!