Steam festivali: hali chiqmagan 500 dan oshiq «kelajak o‘yinlari»ni tekinga o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  541
  •  04.02.2021 13:25

Steam festivali: hali chiqmagan 500 dan oshiq «kelajak o‘yinlari»ni tekinga o‘ynang!

Har xil o‘yin studiyalari va tegishli platformalar vaqti-vaqti bilan pulli o‘yinlarni tekinga tarqatib turishini bilamiz. Valve kompaniyasi esa o‘zining Steam raqamli maydonchasida o‘yin festivallari ham o‘tkazib turadi.

O‘QING: Geymer lavozimida ish bor – maoshi yiliga 41 ming dollar!

Videoo‘yinlarning navbatdagi festivali kecha – 3 fevral kuni boshlangan va u 9 fevral kechqurungacha davom etadi. Tadbir doirasida hali taqdimoti bo‘lib o‘tmagan 500 dan oshiq o‘yinlarning demo-versiyalarini o‘ynab ko‘rish imkoni bor. Valve buni «kelajak o‘yinlarini o‘ynab ko‘ring» slogani bilan targ‘ib qilmoqda.

Festivalning rasmiy sahifasida geymerlarga qulay bo‘lishi uchun darhol o‘yin janrini tanlash imkoni berilgan. U yerda ekshen va sarguzashtlardan tortib strategiya va xorrorgacha bo‘lgan janrlarda turfa o‘yinlar mavjud.

Shu bilan birga, festival doirasida o‘yinlarni tayyorlagan dasturchilarning strimlari ham o‘tkazilmoqda. Ular jonli efirda foydalanuvchilarning savollariga javob berishadi.

Hali namoyish etilib ulgurmagan o‘yinlarni sinab ko‘rishni istasangiz – marhamat, mana bu havola orqali festivalning rasmiy sahifasiga o‘ting va Steam akkauntingiz bilan kiring.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?