Steam platformasi Rossiyada bloklanadimi?

Steam platformasi Rossiyada bloklanadimi?

Ikki oy oldin, Rossiyaning Ukrainaga qarshi "maxsus operatsiya"si boshlaganidan keyin, litvalik Reddit foydalanuvchisi Ukraina bilan birdamlik belgisi sifatida Rossiya Federatsiyada Steam kompyuter o'yinlari platformasini o'chirish taklifi bilan petitsiya yaratganligini ma'lum qilgan edi.

Uning so'zlariga ko'ra, ko'pchilik rossiyalik geymerlar Steam'dagi eng ko'p o'ynaladigan CS:GO va Dota 2 o'yinlarida Z va V harfli skinlar va ismlar bilan urushni qo'llab-quvvatlashmoqda va bu o'yinlarda kamroq propoganda va zaharxandalik bo'lishi uchun rossiyalik o'yinchilar ban qilinishlari kerak. Shuningdek, u CS:GO va Dota 2 o'yinlarini eng ko'p rossiyaliklar geymerlar o'ynashini ko'rsatadigan statistik ma'lumotlarni ham ulashgan.



Petitsiya bugungi kunga kelib 23 mingdan ortiq imzo to'plagan va yana 2 ming yoqlashlardan keyin u Change.org platformasidagi eng ko'p imzolangan petitsiyaga aylanadi. Steam'ga egalik qiluvchi Valve kompaniyasi platformaning Rossiyada bloklanishi yoki bloklanmasligi haqida hozircha hech qanday rasmiy xabar bermagan.

O‘QING: Hatto shriftlar ham Rossiyani tark etdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!