Steam'da yozgi chegirmalar

Steam'da yozgi chegirmalar

Steam kompyuter uchun o'yinlarning eng katta do'koni bo'lib, hozirda platformada yozgi chegirmalar mavsumi ketmoqda. 23-iyundan 7-iyulgacha, ikki hafta bo'ladigan ushbu tadbir davomida siz do'kondagi deyarli barcha o'yinlarni sezilarli darajadagi chegirma bilan sotib olishingiz mumkin.

Masalan, siz Assassin's Creed franshizasidagi o'yinlarni hammasini 75% atrofidagi chegirma bilan olishingiz mumkin.

Yoki shuter janridagi o'yinlarni yoqtirsangiz Call of Duty franshizasidagi o'yinlar sizga albatta yoqishi mumkin va ularni siz 50% yoki undan ko'proq chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.

Ikki kishilik bo'lib o'ynaladigan harakatlarga boy o'yin ishqibozlari uchun Tekken 7, Street Fighter V va Mortal Kombat 11 o'yinlari suv tekin narxda berilmoqda.

Poyga o'yinlarini yoqtiruvchilar uchun esa Need for Speed o'yinlari ham 80 foizgacha chegirmalar bilan sotilmoqda.

Shuningdek, bulardan tashqari platformadagi minglab o'yinlar ichidan o'zingizga yoqqan janrdagilarini topishingiz mumkin. Shuningdek, Steam sovg'a kartalari bilan o'yinlarni yaqinlaringizga sovg'a qilsangiz ham bo'ladi.

O'QING: Windows 8.1 uchun hayot tugamoqda