Steam’dan to‘rtta o‘yinni o‘z vaqtida olib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1733
  •  20.04.2020 11:54

Steam’dan to‘rtta o‘yinni o‘z vaqtida olib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Koronavirus pandemiyasi tufayli kishilar o‘z uylaridan zaruratsiz chiqmasliklari uchun studiyalar turli o‘yinlarni bepul tarqatishmoqda. Masalan, Epic Games ikkita sarguzasht o‘yinni butunlay beryapti, faqat 23 aprelgacha olib ulgursangiz kifoya. Bundan tashqari...

O‘QING: Android-smartfonlar va ayfonlarga sarguzashtli boshqotirma o‘yinni vaqtincha bepul tarqatishyapti! (+video)

Kompyuter o‘yinlari va dasturlari onlayn servisi – Steam ham geymerlarga navbatdagi hadyasini tayyorladi. Ya’ni, aslida pulli bo‘lgan to‘rtta o‘yinni tegishli muddatlarda olib, keyin butunlay bepul o‘ynayverish mumkin!

Ulardan birinchisi – Polyball sayr qiluvchi koptokli klassik o‘yinlarning nisbatan zamonaviy variantidir:

Polyball o‘yinini 1 may sanasiga qadar mana bu yerdan bepul olish mumkin.

O‘QING: Koronavirusning «yondosh ta’siri» chiqdi, lekin buning davosini biz bilamiz!

Vaqtincha bepul tarqatilayotgan ikkinchi o‘yin Gamecraft bo‘lib, u mashhur Minecraft bilan umuman boshqa janrdagi Scrap Mechanic o‘yinlarining chatishmasi hisoblanadi. Uni ushbu havola orqali 24 aprelgacha bepul olib qo‘ysangiz, keyin istalgan payti o‘ynayverasiz.

Ro‘yxatdagi uchinchi – Red Gate o‘yini olis bir mamlakatdagi askarning sarguzashtlariga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur havola orqali olinadi. To‘rtinchisi – Drop bo‘lsa bolakayning ochiq dengizdagi sarguzashtlariga bag‘ishlangan va mana bu havola orqali tarqatilyapti. Bu ikki o‘yinning bepul berilishi 27 aprelgacha davom etadi; shu muddatda olib qo‘ysangiz bas – uyog‘iga tekin o‘ynayverasiz!

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.