Steam'ning yillik qishki aksiyalari mavsumi keyingi hafta boshlanadi

Steam'ning yillik qishki aksiyalari mavsumi keyingi hafta boshlanadi

Valve'ning Steam – kompyuter va konsollar uchun o'yinlar do'konida har yili o'tkaziladigan katta qishki aksiyalar mavsumi keyingi hafta start oladi. Unda siz minglab kompyuter o'yinlarini katta chegirmalar bilan sotib olishingiz mumkin bo'ladi.

Steam'ning qiziqtirishicha, yaqinlashib kelayotgan mavsumda siz Ready or Not shuteri, Naraka: Bladepoint, Sonic Frontiers, F1 Manager 2022 kabi yana boshqa minglab o'yinlarni katta chegirma narxda sotib olishingiz mumkin bo'ladi.

Steam qishki chegirmalar mavsumi 22-dekabrdan 5-yanvargacha bo'lib o'tadi.

Ayni damda Steam'da Red Dead Redemtion 2 (-67%), God of War (-40%), Fifa 2023 (-60%), hamda, Assasin's Creed o'yinlari (-80% gacha) va boshqalarga chegirmalar e'lon qilingan.

O'QING: YouTube 2022 yilning eng zo‘r videolarini e’lon qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!