Sticker Studio yordamida WhatsApp uchun birpasda o‘zingiz stiker yasang!

  •   DiMaX
  •  789
  •  17.11.2018 13:26

Sticker Studio yordamida WhatsApp uchun birpasda o‘zingiz stiker yasang!

WhatsApp messenjerida to‘laqonli stikerlar shu yil oktyabrning oxirida joriy etildi. Uning jamoasi dasturchilar va qiziquvchilarni yangi stikerlar yasashga da’vat etdi, ammo aynan raqobatchi messenjer jamoasi bunda faollik ko‘rsatdi.

O‘QING: Telegram’dagi stikerlarni WhatsApp’ga ham qo‘shamiz

WhatsApp uchun yangi stikerlar yasash hamda ularni ilovalar katalogi orqali e’lon qilish jarayoni murakkabligi bois ham bunga ko‘pchilik qo‘l urmayotir. Shuni hisobga olib, dasturchilar mazkur muammoning yangicha yechimi – bepul Sticker Studio ilovasini taqdim etishdi.

Endi esa Android-qurilmalar egalari mazkur dastur yordamida o‘z stikerlar to‘plamlarini yaratishlari hamda ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa foydalanuvchilarga jo‘natishlari mumkin. Buning uchun sizdan kompyuter ham, biror dasturchilik yoki fotomuharrirlik malakasiga ega bo‘lish ham talab etilmaydi. Shunchaki mos keluvchi rasmni tanlaysiz, uni Sticker Studio yordamida tahrirlaysiz va yuboraverasiz!

Sticker Studio ilovasining asosiy afzalligidan foydalanish hamda stikerlarni shu ondayoq WhatsApp’ga import qilish uchun unda o‘zingiz kamida uchta yangi stiker yaratishingiz kifoya. Bitta stiker-pak ichiga o‘ttiztagacha stiker sig‘adi.

Android-gadjetlar egalari Sticker Studio dasturini mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: WhatsApp yaqinda sizga yoqmaydigan funksiya bilan yangilanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!