Stiv Jobs haqida

Stiv Jobs haqida

Apple firmasining asoschilari bu – Stiv Jobs, Stiv Voznyak va firmaning 10% qismiga ega bo‘lgan Ronald Uyeyn, lekin Ronald o‘z qismini Stivga sotib yuborgan.

— 1976 yil Stiv Jobs va uning maktabdagi do‘sti Stiv Voznyak Apple firmasiga asos solishadi va bu firmaning vazifasi, shaxsiy konstruksiya asosida yaratilgan kompyuterlarni ishlab chiqib sotishdan iborat edi. Ishlab chiqaruvchi sifatida asosan Voznyak shug‘ullanar edi. Stiv esa marketolog sifatida ish yuritar edi.

— Stiv Jobs vegeteryan edi (go‘sht mahsulotini yemaydigan inson). Balki firma nomiga ham bu sifat ta’sir qilgandir.

— Apple firmasiga 1- aprel “hazilkashlar” kunida asos solingan.

— Stiv Jobs din tomonidan buddist edi.

— Apple’ning birinchi logotipi sifatida “Isaak Nyuton” tanlab olingan.

— Dunyo bo‘yicha Apple firmasining hodimlari soni – 35000 ta.

— Apple firmasi birinchi bo‘lib sichqoncha va trekped (noutbuklarning sichqonchasi) ni yaratgan.

— Apple’ning dastlabki lozungi (shior) – “Olma ichidagi bayt” edi.

— apple.com sayti dunyo bo‘yicha saytlar reytingining top 50 taligiga kiradi.

— Birinchi Apple iPhone ishlab chiqilganda, Stiv Jobs barcha hodimlarga bu apparatni tekinga bergan.

stiv_2-300x201-300x201

— Dastlabki kompyuterlar ichidan, birinchi Apple kompyuteri uzoq vaqt ishlatilgan(taxminin sotuvda 11 yil turgan).

— Statistikaning bergan ma’lumotiga ko‘ra 1 yil mobaynida foydalanuvchi 50 soat vaqtini kompyuterni xatoliklarini tuzatish uchun sarflar ekan. MAS operatsion tizimida bu ko‘rsatkich 5 soatni tashkil qilar ekan.

— Macintosh’da dastlabki ko‘rsatilgan surat – Disney qahramoni Skruj Makdak (o‘rdak) edi.

— Apple firmasining birinchi do‘koni Virjina va Kaliforniya shtatlarida ochilgan.

— Apple Lisa kompyuteriga Stiv Jobs qizining ismini bergan.

— Macintosh so‘zi olmaning bir turi ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu nomni Apple firmasi hodimi Djef Raskin bergan.

— Birinchi rangli, raqamli fotosurat AQSh davlatida 1994 yil Apple firmasi tomonidan olingan. Bu surat Apple AuickTake 100 apparatida olingan. MAS operatsion tizimiga bu apparat ketma-ket port orqali ulanar edi.

— Mac OS X Lion operatsion tizimi standart rasmi (oboye) sifatida astrofotograf Roberta Gendlera olgan Andromeda M31 galaktikasi qayd etilgan. Apple firmasi dizaynerlari bu rasmni qayta ishlab, o‘z uslublariga moslashtirishgan.

— Apple firmasi dastlab iPad ustida ishlashni boshlashgan, lekin taqdir taqazosi bilan dastlab ommaga iPhone taqdim etilgan. iPad esa 3 yildan so‘ng sotuvga chiqgan.

— Firmaning asoschilaridan biri Stiven Voznyak 1987 yildan beri bu firmada ishlamaydi, lekin o‘sha yerda hisobda turadi, hattoki unga oylik ham chiqadi.

— 1977 yil Apple II kompyuteri chiqganda, Stiv 25 yoshda edi va u o‘z tengqurlari orasida eng yosh millioner edi.

— 90% Apple firmasining ishchilari Stiv Jobs bilan ko‘rishishmagan.

Manba: ITportal.Uz