Apple Park'da xodimlardan tushlikka pul olish Stiv Jobsning orzusi bo‘lgan (muhim sabab bor)

Apple Park'da xodimlardan tushlikka pul olish Stiv Jobsning orzusi bo‘lgan (muhim sabab bor)

Apple korporatsiyasining samoviy kema dizaynida bunyod etilgan Apple Park kampusi tez orada to‘liq ochiladi. U yerda kompaniyaning 12 ming nafar xodimi joylashadi. Xodimlar bu yerda mehnat faoliyatini olib boradilar va yangi g‘oyalar ustida muhokamalar uyushtiradilar. Shuningdek, bu yerda sayohat qilib, hordiq chiqarish va tamaddixonalarda ovqatlanish mumkin.

Biroq, endi "Olma" xodimlarning obedi uchun pul to‘lamaydi. An’anaga zid bu qoida ko‘pchilikni hayron qoldirishi mumkin. Nahotki shtab kvartira qurilishi uchun 5 milliard dollar mablag‘ sarflagan korporatsiya uning uchun xizmat qilayotgan xodimlarining tushligiga pul to‘lamasa?

Apple uchun 12 ming nafar xodimning tushligiga pul to‘lash muammo emas. Yangi kampusda bir vaqtning o‘zida 14 ming nafar odam uchun tushlik tayyorlash imkoni mavjud. Apple qarori ortida qahvaxonalardan pul ishlash rejasi ham yo‘q.

Gap shundaki, xodimlardan tushlik uchun haq olish g‘oyasi Stiv Jobsga tegishli bo‘lgan. Bu to‘g‘rida Wall Street Journal nashri korporatsiyaning ko‘chmas mulk bo‘yicha rahbari Den Uizenxantga asoslanib xabar tarqatmoqda. Unga ko‘ra, Apple asoschisining fikricha, odam uchun o‘zi haq to‘lab olgan narsa qadrli va mazali bo‘ladi. Tekin narsaning esa qadri ham, ahamiyati ham qolmaydi. Pulini o‘z yonidan to‘lasa -- tushlik ham tatiydi. Bu fikrga qisman qo‘shilish mumkin.  Stiv Jobs o‘zi ham kompaniya yetakchisi bo‘lgan kezlarida har bir tushligi uchun haq to‘lashni kanda qilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!