Stiv Jobs foydalangan Macintosh kompyuteri kimoshdi savdosiga qo'yildi

Stiv Jobs foydalangan Macintosh kompyuteri kimoshdi savdosiga qo'yildi

Apple asoschilaridan biri, Stiv Jobs foydalangan Macintosh SE seriyasidagi kompyuter 22-oktyabr kuni Bonham'da auksionga qo'yilmoqda.

Lot tavsifiga ko'ra, 1987-yil oxirida Apple Computers tomonidan ishlab chiqarilgan Macintosh SE kompyuteri 20 MB ichki qattiq disk, klaviatura, sichqoncha bilan qo'shimcha zaxira qattiq diskiga ega va u hozirgi egasi, NeXT kompaniyasi ishchisiga Stiv Jobs tomonidan sovg'a qilingan.

Ma'lum bo'lishicha, Jobs bu kompyuterdan Apple'ni tark etganidan keyin o'zi asos solgan kompaniya, NeXT'dagi ofisida 1988-1994-yillarda foydalangan. Shuningdek, 1990 va 1993-yillarda Jobsning qizi, Liza Brennan Jobs ham ofisga tashrif buyurgan vaqtlarida foydalanganligi haqida dalillar ham bor: pochta tizimi va Microsoft Word uning nomi bilan ro'yxatdan o'tgan. Kompyuter oxirgi marta 1994-yilda Jobs boshchilik qilgan marketing loyihasi uchun ishlatilgan va keyin o'sha yil oxirida hozirgi egasiga berilgan. O'shanda Jobs bir kun kelib bu kompyuterning qiymati bo'lishi mumkinligini aytgan.

O'QING: Apple'ning yana bir smartfoni yo‘l oxiriga yetib keldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.