Stiv Jobs vafotidan keyin "Ozodlik medali" bilan taqdirlandi

Stiv Jobs vafotidan keyin

Apple asoschisi va sobiq bosh direktori Stiv Jobs vafotidan keyin prezident Jo Bayden tomonidan "Ozodlik medali" bilan taqdirlandi, deya xabar bermoqda The Verge nashri Oq uy e'lon qilgan bayonotga asoslanib. Prezidentning "Ozodlik" medali fuqaroga berilishi mumkin bo'lgan AQShning eng oliy mukofotidir va u "Qo'shma Shtatlar farovonligi, qadriyatlari yoki xavfsizligi, dunyo tinchligi yoki boshqa muhim ijtimoiy, ommaviy yoki shaxsiy harakatlar uchun namunali hissa qo'shgan shaxslarga” berilishi aytiladi Oq uy bayonotida.

Shuningdek, Oq uy o'z bayonotida Jobsning turli yo'nalishlarga kreativ yondashuvini yuqori baholadi. "Stiv Jobs Apple asoschisi, bosh ijrochi direktori va raisi, Pixar kompaniyasining bosh direktori bo'lgan va Uolt Disney kompaniyasida yetakchi rol o'ynagan. Uning qarashlari, tasavvurlari va kreativligi dunyoning muloqot qilish usulini, shuningdek, kompyuter, musiqa, kino va simsiz tarmoqlarni o'zgartirdi va o'zgartirishda davom etayotgan ixtirolarga olib keldi", deb yozadi Oq uy.

Jobs 1976-yil aprel oyida Apple'ga asos solgan va u bugungi kunda dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Ta'kidlash kerakki, u Mac, iPod va iPhone kabi madaniy tayanch nuqtalariga aylangan ko'plab texnologik mahsulotlarni ishga tushirishga yordam bergan. Stiv Jobs 2011-yilning 5-oktabrida vafot etgan.

O'QING: Apple rahbarlaridan biri Samsung'ni o'g'irlikda aybladi