Stiv Jobsdan o‘nta eng mashhur aforizm

Stiv Jobsdan o‘nta eng mashhur aforizm

Steven Paul Jobs (24 fevral, 1955 — 5 oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori bo‘lgan. Stiv Jobs ham ko‘p ishni bajara oladigan, ham o‘ziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni ko‘pincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan tadbirkor deb atashadi. O‘zining 56 yillik qisqa umri davomida u butun dunyoni o‘zgartira olgan yangiliklar yarata oldi. Quyida ushbu tarixiy shaxsning o‘nta aforizmini keltirib o‘tamiz.

“Yaratuvchanlik shunchaki narsalarni bir-biriga bog‘lashdir. Yaratuvchan odamlardan biror nimani qanday bajarganini so‘rasang, ular o‘zlarini biroz aybdor his qiladi, sababi ular aslida bu ishni qilishmagan, ular shunchaki nimanidir ko‘ra olishgan“.

“Badiiy kengash bilan mahsulotlar yaratish juda ham qiyin. Ko‘pincha, insonlar ularga o‘sha narsani ko‘rsatmaguningcha nimani xohlashlarini bilmaydi“.

“O‘lim haqida eslash yo‘qotadigan narsangiz borligi haqidagi xayol girdobiga tushib qolishdan qochishning men bilgan eng yaxshi usuldir. O‘lganingizda allaqachon hech narsasiz qolasiz“.

“Nuqtalarni oldinga qarash bilan birlashtira olmaysiz; ularni faqat ortga nazar tashlash bilan bir-biriga bog‘lash mumkin“.

“Ishingiz hayotingizning katta qismini tashkil qiladi. Shu uchun ham to‘liq qoniqish hosil qilishning yagona yo‘li o‘zingiz eng yaxshi deb bilgan kasb bilan shug‘ullanishdir“.

“Qabristondagi eng boy odam bo‘lish men uchun muhim emas... Nimadir ajoyib ish qilganligimizni ta’kidlab uyquga yotish.... men uchun ahamiyatli“.

“Qilgan ishlarimiz bilan bir qatorda qilmagan ko‘plab ishlarimizdan faxrlanaman. Innovatsiya minglab narsalarni rad etishdir“.

“Innovatsiya ergashtiruvchi ksihini ergashuvchidan ajratib turuvchi jihatdir“.

“Agar bugun hayotimning so‘nggi kuni
bo‘lganda, bugun qilmoqchi bo‘lgan ishimni qilishni xohlarmidim? Agar ketma-ket bir necha kun javobim “yo‘q“ bo‘lsa, nimnidir o‘zgartirishim kerak ekan.

“Och bo‘l, ahmoq bo‘l“

Ta’kidlash joizki, eng so‘nggi aforizm Jobsning eng taniqli aforizmi sanaladi, biroq uni bir o‘qishda tushinish oson emas. “Och bo‘l“, deyish bilan u kishi har doim yangi narsalarni o‘rganishga och-tashna bo‘lishini, “ahmoq bo‘l“, deyish bilan esa kishi har doim o‘zini biror narsani bilmagan hisoblab, yangi bilimlar hosil qilishi kerakligi aytiladi.

O‘QING: Apple hayratda: kvadrat modulli ilk smartfonni umuman boshqa kompaniya namoyish qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!