Stiv Jobsni ishdan haydagan investor Apple'da eng ko‘p daromad qildi

Stiv Jobsni ishdan haydagan investor Apple'da eng ko‘p daromad qildi

Jahonning eng boy kishilaridan biri bo‘lgan Uorren Baffett bir vaqtlar Apple korporatsiyasiga ham katta sarmoya kiritgan. Uning o‘sha vaqtda kompaniyaga tikkan mablag‘i bugungi kunga kelib 400 barobarga oshdi.

Apple korporatsiyasining bozor kapitali $1 trln dollarga yetishi nafaqat kompaniya, balki unga sarmoya kiritgan milliarderlar uchun ham katta yutuq bo‘ldi. Shunday sarmoyadorlardan biri bo‘lgan Uorren Baffett bir vaqtlar Apple istiqboliga ishonch bildirgani aksioner hisoblanadi. U o‘tgan asrda Apple'ning ishlari orqaga ketganida boshqa sarmoyadorlar bilan birgalikda Stiv Jobsni korporatsiyadan ketishga ham hissa qo‘shgan.

Baffett avvaliga texnologiya kompaniyalariga pul tikishni to‘xtatib qo‘ygan edi. Ayni paytda esa unga qarashli Berkshire Hathaway konglomerati Apple korporatsiyasining 5% aksiyalariga egalik qiladi va ikkinchi raqamli yetakchi investor hisoblanadi. Baffettning so‘zlariga ko‘ra, Apple chakana savdoda serdaromad ekani hamda kuchli brend bo‘lgani uchun unga juda yoqadi. Berkshire 2016 yildan boshlab Apple aksiyalarini katta miqdorda sotib olishni boshlagan. 

Amerikalik milliarder hamda investor Uorren Baffet saxovatpeshaligi bilan ham nom qozongan. U kuni kecha 3.5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni xayriya yo‘lida tarqatib yubordi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!