Stiv Jobsning $175 mingga sotilgan ishga kirish anketasi qayta auksionga qo‘yildi

  •   DiMaX
  •  588
  •  16.02.2021 11:07

Stiv Jobsning $175 mingga sotilgan ishga kirish anketasi qayta auksionga qo‘yildi

Charterfields onlayn auksionida noyob tarixiy hujjat – ishga kirishda to‘ldirilgan anketa kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lotning qiymatini ta’minlovchi jihati – uni kimsan Stiv Jobs to‘ldirganligidir.

O‘QING: Stiv Jobsning bolalariga buyurmagan boyligi Telegram’ga tikildi!

Ushbu hujjatni yosh Stiv ish qidirayotganida – 1973 yili to‘ldirgan. Bu paytgacha u Rid kollejida deyarli olti oy tahsil olib, o‘qishini tashlab ketgan edi.

Anketani to‘ldirish davomida Jobs o‘z mutaxassisligi sifatida «ingliz adabiy tili»ni ko‘rsatgan. Qiziqish va qobiliyatlari haqidagi qismda esa u kompyuter va kalkulyatordan foydalana olishi, dizayn va texnologiyalarga qiziqishini yozgan.

Aytish kerakki, Stiv Jobs mana shundan bir yil o‘tib, o‘yin ishlab chiquvchi Atari kompaniyasida texnik mutaxassis sifatida ish boshlagan. Shu yerda u Stiv Voznyak (Steve Wozniak) bilan birga ishlagan, 1976 yili esa ular Apple’ga asos solishgan.

Sotuvga qo‘yilgan yuqoridagi anketa oldin – 2018 yili ham auksionda 175 ming dollarga sotilgan edi, endi negadir qaytadan kimoshdiga qo‘yilmoqda. Auksion shu yilning 24 fevralida boshlanib, 24 martda yakunlanadi.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!