Stiv Jobsning avtomobili va telefoni auksionda sotildi

  •   DiMaX
  •  1515
  •  11.12.2017 11:31

Stiv Jobsning avtomobili va telefoni auksionda sotildi

Tarixda qolgan shaxslar foydalangan buyumlar keyinchalik kimoshdi savdolarida qimat narxlarda sotilishini ya’shi bilamiz. Buyumning o‘zi ham tarixiy ahamiyatga ega bo‘lsa, ular yanada yuqoriroq baholanadi. Jumladan, Stiv Jobs foydalangan, 2000 yilgi BMW Z8 mashinasi Sotheby’s savdo uyi tomonidan savdoga qo‘yilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.

O‘QING: Stiv Jobs foydalangan BMW Z8 auksionga qo‘yiladi

Savdo uyining rasmiy Instagram-akkauntida xabar qilinishicha, mazkur avtomobil o‘zining yangi egasini topgan.

Xabarlarda aytilishicha, Jobsning mashinasi auksionda 329 500 dollarga sotilgan. Ushbu pul evaziga xaridor yana BMW logotipi tushirilgan Motorola Startac uyali aloqa telefonini ham qo‘lga kiritgan. Apple asoschisiga bu gadjetni ham BMW Z8 bilan qo‘shib taqdim etishgan edi.

Stiv Jobsning mazkur mashinasi BMW Z8 modelining oltmish yettinchisi bo‘lib, jami 25 ming kilometrga yaqin yo‘l bosgan va holati «ideal» deb baholanmoqda. Bozorda bunday avtomobil o‘rtacha 150-200 ming dollarga baholanadi.

O‘QING: Apple’ning ilk kompyuteri auksionga qo‘yildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!