Stiv Jobsning bolalariga buyurmagan boyligi Telegram’ga tikildi!

  •   DiMaX
  •  2784
  •  07.03.2020 11:17

Stiv Jobsning bolalariga buyurmagan boyligi Telegram’ga tikildi!

Apple asoschisi va sobiq rahbari Stiv Jobsdan ko‘p milliard dollarlik meros qolgan. Ammo uning bevasi Loren Pauell Jobs ushbu mablag‘ni o‘z farzandlariga qoldirmoqchi emasligini aytgan edi.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Loren Pauell Jobs eridan qolgan sarmoyadan bir qismini Pavel Durov tomonidan joriy etilgan Telegram Open Network (TON) blokcheyn-platformasiga tikkan. Bu haqda TON loyihasiga yaqin manba Block TV nashriga ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, Loren Pauell Jobs tokenlarning birlamchi joylashtirilishi ilk raundida TON’ga kamida besh million dollar kiritgan. AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) ma’lumotlariga muvofiq, ushbu loyihaga milliarderlar Roman Abramovich va Mixail Gutseriyev ham tegishlicha 10 million va 15 million dollar tikishgan.

Aytish kerakki, 2019 yilning oktyabrida SEC loyiha asoschisi Pavel Durovga o‘zining Gram nomli kritovalyutasini chiqarishni taqiqlagan. Mazkur idoraning ta’kidlashicha, Telegram o‘z tokenlarini AQSh qonunchiligiga mos tarzda ro‘yxatga olinmagan qimmatbaho qog‘ozlar tarzida sotgan. Telegram esa bunga javoban, tokenlarning qimmatbaho qog‘oz emas, balki tovar ekanini aytmoqda.

Umuman olganda, Telegram o‘z kriptovalyutasi haqida rasman izoh bergan bo‘lib, TON va Gram bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’da yirik tozalash: O‘zbekistondagi 13 million obunachi yo‘q qilinib, kanallarga qizil tamg‘a urildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.