Stiv Jobsning farzandlarini merosdan mahrum etishdi!

  •   DiMaX
  •  1257
  •  02.03.2020 14:38

Stiv Jobsning farzandlarini merosdan mahrum etishdi!

Apple kompaniyasining asoschisi Stiv Jobsning bevasi Loren Pauell Jobsga marhum turmush o‘rtog‘idan ko‘p milliardli meros qolgan edi. Loren Jobs mana shu merosni farzandlariga qoldirmasligini bildirdi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Stiv Jobsni ishdan haydagan investor Apple'da eng ko‘p daromad qildi

Lorenning aytishicha, bir vaqtlar, XIX asrda Rokfellerlar bilan bo‘lgani singari ulkan boylikni bir oila qo‘lida jamlash yaxshilikka olib kelmaydi. Loren Jobs bu boylik o‘ziga eridan qolgani va o‘z vaqtida Stiv Jobs ham milliarder boy bo‘lishga intilmaganini aytib o‘tgan. Endi esa u turmush o‘rtog‘idan qolgan boylikdan muhtojlarga yordam berish yo‘lida foydalanmoqchi.

Bloomberg reytingida keltirilishicha, ayni vaqtda Loren Pauell Jobsning boyligi 24 milliard dollardan iborat. U dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 38-o‘rinda turibdi. Loren Pauell Jobsning uch farzandi bo‘lib, o‘g‘li Rid hamda qizlari Erin va Yevaga u erining merosini qoldirmoqchi emas.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»