Stressga ko‘p axborot olish ham sabab bo‘lishi mumkin

Stressga ko‘p axborot olish ham sabab bo‘lishi mumkin

Ba’zida soatlab internetda kezgandan so‘ng o‘zingizni o‘ta behol va asabiy his qilganmisiz? Yoki uzoq vaqt televizor tomosha qilish bezdirib yuborganmi? Nega bu qiziqarli mashg‘ulotlar ham shu ahvolga olib keladi?

Gap shundaki, miyangiz axborot olishdan charchaydi. Oshqozon to‘ysa darrov sezasiz, ammo bechora miya buni ma’lum qilishi qiyinroq. Hech qursa fiziologik va emotsional signallar yubora boshlaydi. Asabiylik, bosh og‘rig‘i, qayt qilishni xohlash, xavotirlanish kabi signallar informatsion stressdan darakdir.

Informatsion stress qachon yuz beradi?

- Yomon xabarlarni o‘qish, eshitish;

- Juda ko‘p va turli-tuman axborotni qabul qilish;

Hozir hamma yoq reklama, musiqa, ko‘rsatuvlarga to‘lib ketgan. Tinimsiz ovoz va shovqin miyani gangitib qo‘yadi. Bu sizni normal hayot kechirishingizga, o‘zingizni yaxshi his qilishingizga halaqit beradi.

Shuning uchun mutaxassislar internetdan foydalanishda normalarga e’tibor berishni tavsiya qilishadi.

O‘QING: Apple eng g‘ayrioddiy mahsulotini patentladi – bu sizga smartfon yo kompyuter emas!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!