Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

  •   DiMaX
  •  3248
  •  13.01.2021 08:58

Sud qarori: «Koronavirus pandemiyasini Bill Geyts va Jorj Soros yaratgan!»

Peruda Chincha va Pisko provinsiyalari apellyasiya sudi Microsoft korporatsiyasi muassisi Bill Geytsni, investitsiyachi bankir Jorj Sorosni, shuningdek, milliarder Rokfellerlar oilasi a’zolarini koronavirus pandemiyasini «yaratganlikda» aybladi. Bu haqda mahalliy OAVlar tomonidan e’lon qilingan sud qarorida aytiladi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

Qarorni sudyalar Tito Galegos, Luis Legiya va Toni Changaray o‘tgan oyda – 21 dekabr kuni chiqargan. U zo‘ravonlikda ayblanuvchiga nisbatan hibs muddatini uzaytirish haqidagi apellyasiyaga tegishli. Unda pandemiya «yangi dunyo tuzumi mualliflari» va «dunyoga hukmronlik qiluvchi jinoiy elitalar» tomonidan yaratilganligi haqidagi fitna nazariyasi keltiriladi.

«Na birorta dunyo hukumati, na biror jismoniy yoki yuridik shaxs, na sudlanuvchining himoyasi bu pandemiya ‘oldindan aytish mumkin bo‘lgan’ xususiyatga ega ekanligini tasdiqlay oladi, uni yaratgan yangi dunyo tuzumi mualliflari, shu jumladan, Bill Geyts, Soros, Rokfeller va boshqalardan tashqari…» — deyiladi qarorda.

Peruda sud hokimiyati ustidan nazorat uchun javob beruvchi davlat muassasasi — OCMA qarorni chiqargan sudyalarga qarshi tekshiruv boshladi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan keyin infeksiyaning sun’iy ravishda keltirib chiqarilgani haqida ko‘plab fitna nazariyalari tarqaldi. Uni yaratishda Bill Geytsni, Markaziy razvedka boshqarmasini, Xitoy hukumatini ayblashdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa virus laboratoriyalarda yaratilgan yoki o‘zgartirilgani emas, balki odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqqani haqidagi fikrga qo‘shiladi.

O‘QING: Bill Geyts butun dunyoda koronavirusdan qutulishning yagona yo‘lini aytdi

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts dunyoni bioterror xavfi kutayotganini 2017 yildayoq aytgan edi. Koronavirus pandemiyasidan esa u besh yil avval ogohlantirgan, ammo bunga hech kim jiddiy e’tibor qaratmagan ekan.

Shuningdek, Microsoft asoschisi avvalroq koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, keyin mazkur xastalikka qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi, degan.

Bill Geyts 2020 yilning oktyabrida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat endi yanada yomonlashishini aytgan bo‘lsa, dekabr so‘ngiga kelib, «Vaksinatsiyaga qaramay, pandemiya kuchayaveradi», degan.

Ayrimlar Geytsni koronavirusga qarshi vaksina bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi, deb hisoblashadi. Bu shunchki konspirologiya, lekin Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Bulardan tashqari...

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!