Sun’iy intellekt ustida ishlayotgan jahondagi o‘n kompaniya

Sun’iy intellekt ustida ishlayotgan jahondagi o‘n kompaniya

Sun’iy intellekt har qadamimizda uchraydi. Hozirda smartfondan tortib avtomobilgacha sun’iy intellekt bilan ta’minlanmoqda. Ko‘plab jahonga taniqli kompaniyalar “aqlli mashina” yaratish yo‘lida izlanayotibdi. Quyida sun’iy intellekt yaratayotgan o‘n kompaniyani e’tiboringizga havola etamiz.

1.Numenta

2011 yildan beri mavjud, ammo biror yangilik yaratganligi xususida darak yo‘q. Yaqinda IBM kompaniyasi Numenta izlanishlariga homiylik qilishini e’lon qildi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonini kosmosdan turib o‘rganadi.

2.Scaled Inference

Bu jamoa Googlening sobiq xodimlaridan tashkil topgan. Yaqinda xizmat ko‘rsatish va dasturiy ilovalar mavzuidagi sun’iy intellekt yaratish loyihasi qisqa muddatda 8 mln dollar investitsiya to‘pladi.

3.Amazon

Bu kompaniya savdo maqsadida internetdan foydalanishni boshlab bergan ilk qaldirg‘ochlardan. Hozir dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan onlayn-tijorat markazi sanaladi. Muvaffaqiyatli tijorat yuritish, savdoni tez tahlil etish va tushumni oshirish maqsadida korporatsiya injenerlari sun’iy intellekt ishlab chiqargan.

4.Nuance

AQShda ancha yillardan beri faoliyat yuritmoqda. Nutqi va eshitishida nuqsoni bor kishilar uchun sun’iy intellekt yaratish yo‘lida izlanadi. Uning dasturi inson nutqini anglash va jonli tarzda qayta tiklashga qaratilgan.

5.Henson robotics

Ushbu kompaniya rosmana robotlar yaratish yo‘lida izlanadi. 2002 yilda Kanada ko‘rgazmasida ixtirolarini namoyish qilgan. 2005 yilda esa Eynshteynga qiyofadosh robotini yasagan. Xenson Eynshteynning elastik yuzini yaratgan, koreyalik olimlar esa robotning harakatlanuvchi tanasini ishlab chiqqan. Hozirda kompaniyaning eng mashhur roboti nomi Ham. U inson mimikasini ko‘chira oladi.

6.Microsoft

Sun’iy intellektga ega aqlli yordamchilar yaratish uchun izlanish olib bormoqda. Oxirgi loyihasi nomi – “Eynshteyn” deb ataladi. Bu Google new yoki Apple Siriga o‘xshash yangilik bo‘ladi.

7.Facebook

Bu kompaniya sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlardagi reklama bo‘yicha o‘zgarish yasamoqchi. Shuningdek, zo‘ravonlik aks etgan videolarni aniqlash va spamni elakdan o‘tkazish texnologiyalari ustida ishlamoqda.

8.Apple

“Tishlangan olma” kompaniyasining telefon va boshqa qurilmalari allaqachon sun’iy intellektga ega bo‘lgan. Kompaniya hozir Siri loyihasi ustida ishlayapti. Bu iOS tizimi uchun ishlangan savol-javob tizimi bo‘lib, smartfon egasining ovozini taniydi va savolga yarasha javob beradi.

9.Google

Hozir guglchilar oddiy mavzularda bo‘lsa-da savol-javob qila oladigan mashina yaratishga yeng shimargan. Sun’iy intellektli suhbatdosh nomini, qayerda va qachon dunyoga kelganini ayta oladi, kinofilm subtitrlarini “o‘qib” axborotni eng sodda tarzda qabul qiladi, ammo ma’lumot uzatilishida izchillik yo‘qligi uning kamchiligidir.

10.IBM

IBM birinchilardan bo‘lib sun’iy intellekt yaratishga kirishgan ulkan kompaniyalardandir. Qolaversa, sun’iy intellekt yaratayotgan kompaniyalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab turadi.

Sun’iy intellekt mavzuidagi videorolikni tomosha qiling.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!