Sun’iy intellekt endi memlarni ham tushinadi

  •   Saroy
  •  641
  •  20.09.2018 14:10

Sun’iy intellekt endi memlarni ham tushinadi

Rosetta neyrotarmog‘i taniy olishdan tashqari, eng muhimi memlarni tushinishi ham mumkin. Bu haqoratli va yoqimsiz kontentlar  monitoringida yangi bosqich bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda har doim juda ko‘p miqdorda memlar va fotajablar paydo bo‘ladi. Ba’zi birlari shunchaki quvnoq, boshqalari jahlingizni chiqaradi, ularning ayrimlari esa haqoratli ham bo‘lishi mumkin. Kompaniyalar o‘n minglab kartinalarni qayta ishlab o‘tiradigan maxsus xodimlarga pul to‘lamasliklari uchun, Facebook  Instagram bilan hamkorlikda maxsus neyrotarmoq ishlab chiqdi.

O‘QING:Siri va boshqa virtual yordamchilar nima uchun hayotimizni yengil qilmaydi?

Ushbu sun’iy intellektga Rosetta, deb nom berishdi. Afsonaviy  Rozetto toshi sharafiga shunday deb ataldi. Tosh Misr iyerogliflarni o‘qishda yordam bergan. Dastur matnli kontentni, shuningdek kartinka va videoroliklarni ham aniqlay oladi.

Facebook matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu ishlanma ijtimoiy tarmoqlarni yanada qulay joyga aylantiradi. Bundan tashqari, Rosetta ayni paytda spam va sifatsiz kontentlarni qo‘lda tutib qolish bilan shug‘ullanadigan juda ko‘p sonli operatorlar o‘rnini ham bosa oladi. Faqat, foydalanuvchilar bu qulaylikdan xursand bo‘ladimi yo‘qmi hozircha nomalum. Chunki Rosetta neyrotarmog‘i o‘ta qattiqqo‘l senzorga ham aylanishi mumkinda.

O‘QING:Odnoklassniki noyob kontent targ‘iboti tizimiga ega “Tavsiyalar” lentasini ishga tushirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!