Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

  •   Saroy
  •  1526
  •  26.06.2018 17:45

Sun’iy ong: jilovni qo‘lga olishga hali ertami?

Boston Dynamics robotlarni bir biriga eshik ochishga o‘rgatdi. Hozircha temirtanlar o‘zlarini juda xushmuaomala tutmoqdalar. Odamlar esa baribir havotirda: bir kun kelib ular o‘z yaratuvchilarini hurmat qilmay qo‘ysa nima bo‘ladi?

Quyida ekspertlar, tadbirkorlar va hatto sun’iy ong sohasidagi mutaxassislarning temirtanlar haqidagi keskin fikrlari keltirildi. Ularning fikrlari bilan tanishganingizdan keyin vahima qilishni hozirdan boshlash kerakmi  yoki yana yigirma yilcha kutib turgan ma’qulmi, buni o‘zingiz hal etasiz.

Masalan, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask sun’iy ong haqida har doim havotir bilan fikr bildirib keladi. Yaqinda u sun’iy ongning insoniyatga tahdid tug‘dirishi haqida ta’kidladi. Uning fikricha, algoritmlar harakati hech narsa bilan chegaralanmagan.

«Meni ayniqsa qattiq qo‘rqitayotgani, sun’iy ong odamlarning alogoritmlarga joylagan xohish-istaklarini amalga oshirishi, lekin xohish-istaklar doim ham ezgu bo‘lavermaydi-ku. Sun’iy ong shunchaki, ijrochi.

Masalan, kompaniyaning investitsiya portfeli narxini oshirish kabi  beozor istagini ham algoritm shunday  tushinishi mumkin: yaxshi, mudofaa-sanoat kompleksi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan kompaniyaning aksiyasi narxini oshiramiz va urush boshlaymiz!

Yoki sun’iy ong yolg‘on xabarlar va press-relizlar tarqatishi mumkin, foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirishi mumkin va shu yo‘l bilan axborotni manipulyasiyalashtirishi mumkin».

O‘QING:Aqlli telefonlar: sun’iy ong cho‘ntagimizda

Shu bois Ilon Mask dunyo hamjamiyatini sun’iy ong faoliyatini cheklash haqida qonun joriy etishga chaqirdi:

«Sun’iy ong — shunday hodisaki, uni muvofiqlashtirish  masalasida uzoqni ko‘rib ish qilishimiz lozim, shunday qilmasak, keyin juda kech bo‘lishi mumkin».

 2015 yilda  Ilon Mask, Stiven Xoking va yana 8000 kishining sun’iy ongga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish haqidagi ochiq maktubi e’lon qiligan edi.  

Robotexnikalar va mashina ta’lim tadqiqotchisi, Baidu kompaniyasidagi sun’iy ong ishlanmalari bo‘yicha bo‘limning sobiq rahbari Endryu Enning ta’kidlashicha, temirtanlarning insoniyatni qul qilish borasida havotirga tushushga  hali erta:

«Hozirda sun’iy intellekt ko‘plab sohalarni o‘zgartirib yuborishi mumkin: moliya texnologiyalarini, IT industriyasini va sog‘liqni saqlashni. Sun’iy ong haydovchisiz transportlarni yaratishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Sun’iy ong texnologiyasi bo‘yicha qidiruv ishlari, hatto oziq-ovqat yetkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan, barchasi shu kabi algoritmda faoliyat ko‘rsatadi. Ehtimol, sun’iy ong  faqatgina  bittagina sohani, ya’ni sartaroshlikni  o‘zgartira olmas.

O‘QING:Sun’iy ong sizga to‘laqonli hamsuhbat bo‘lmoqchi

Garchi, sun’iy ong ko‘p vazifalarni bajarsada, (yuzni aniqlaydi, suratdagi buyumni biladi, audioyozuvlarni saralaydi), ularning ong darajasi odamlarniki bilan solishtirganda cheklangan.

Sun’iy ong qaysi ishlarni insonlardan yaxshi bajarsa, ushbu sohalarda ular odamlarga raqobat tug‘dirishi turgan gap. Biroq, ularni boshqarish uchun aqlli kishilar kerak bo‘ladi, bu esa yangi ish o‘rinlarini yaratadi».

Mail.Ru Group ta’sischilaridan biri Grishin Robotics kompaniyasi asoschisi Dmitriy Grishin Rossiyada robotexnikalarni qonun bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi. Mana tadbirkorning sun’iy ong haqidagi fikrlari:

«Ko‘plar aytishadiki, mashinali ta’limda intellekt bor, deb, mening o‘ylashimcha, katta ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishda  bu juda to‘g‘ri va qiziqarli  mexanizmdir.

Shaxmat o‘ynashni biladigan Robot, shashka o‘ynashni o‘zi o‘rgana olmaydi. Barchasi biroz murakkabroq, mashinali ta’limni algoritm, deb bo‘lmaydi, lekin umuman olganda, bunday yondashish hozircha butunlay yangi narsani mustaqil ravishda ixtiro qila olmaydi. Shu bois, mening fikrimcha, yaqin besh-o‘n yil ichida o‘zi mustaqil ravishda yangi algoritmni o‘ylab topadigan sun’iy ongni uchratmaymiz».

O‘QING:Google bemorning o‘limini oldindan aytib bera oladigan sun’iy ong yaratdi

Sun’iy ong uchun zarur qonunchilik bazasi haqida sun’iy ong va mashinali ta’lim bo‘yicha mutaxassis,  XX2 VEK portali asoschisi Sergey Markov ham ko‘p bor ta’kidlagan. Olimning fikricha, sun’iy ongning xavfliligi uni yaratgan odamning o‘zida:

«Asosiy xavf biz yaratayotgan va insoniyatni robotga aylantirayotgan (sun’iy ong taraqqiyoti) «Skaynet»da. Muhim masalalarni u yoki boshqa matematik modeliga ishonib, uni yaratishda xatoga yo‘l qo‘yishimiz mumkin va ana shunda yomon oqibatlar yuzaga keladi.

Sun’iy ong, ekspert-odamlarning harakatini takrorlar ekan, ularning xatolarini va maslaklarini ham meros qilib olishi mumkin. Ishlab chiqarishni yoki transportni boshqarish tizimi mukammal ishlab chiqilmasa, falokat keltirib chiqarishi mumkin.

Shubhasiz, ushbu xavflarni boshqarish uchun qonunchilik bazasini, xavfsizlikning maqbul bo‘lgan reglamentini, ojiz joylarini aniqlashning maxsus uslublarini yaratishimiz lozim».

O‘QING:Sun’iy intellekt kiyim ostiga ham qarashni o‘rgandi

«Sun’iy ong taraqqiyotiga yaxshi umid bilan qarayotganlarning yana biri shaxmat bo‘yicha Jahon chempioni Garri Kasparov bo‘ladi. U inson bilan mashina o‘rtasidagi qarama qarshilikda inson mag‘lubiyatining timsoliga aylangan odam hisoblanadi.  1997 yilda Garri Kasparov shaxmat bo‘yicha bellashuvda elektron raqibi  IBM Deep Blue’ga yutqazib qo‘ygandi.

Qachonlardir qishloq xo‘jaligida mashinalar hayvonlar o‘rnini egallagandi, qo‘l mehnatini ham ular bajaradi, hozir esa ular diplomli kishilarga va tahdid solmoqda. Bir vaqtlar mashinaga yutqazgan odam sifatida aytishim mumkinki, bu ajoyib, zo‘r yangilik.  Texnologiya hayotimizdagi murakkabliklarni va tushunmavchiliklarni bartaraf etishni juda yaxshi  uddalayapti, demak biz yanada murakkab, yanada noaniq vazifalarni izlashimiz kerak.

Mashinalar hisoblashga qodir. Biz tushinishga. Mashinalarda yo‘riqnoma bor, bizda esa - maqsad. Mashinalarga mavjud narsa tushinarli, bizga esa qiziqish.

O‘QING:ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

–Biz mashinalarning hozirda nimaga qodirligidan qo‘rqishimiz kerak emas. Aksincha, biz ularning nimaga qodir emasligidan qo‘rqishimiz kerak, chunki bizning haqiqiy buyuk orzularimizni ro‘yobga chiqarish uchun yangi, aqlli mashinalar kerak bo‘ladi, – deydi buyuk shaxmatchi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.