So‘nggi kvartalda Facebook daromadi keskin ortdi

So‘nggi kvartalda Facebook daromadi keskin ortdi

Facebook 2015 yilning oxirgi kvartalidagi tushumi o‘tgan yilning ayni davriga taqqoslaganda ikki barobarga ortganini, sof foydasi esa 1,56 mlrd dollarni tashkil etganini bildirdi.

O‘tgan yili Facebookning sof foydasi 701 mln dollarga yetgan. Kompaniya vakili o‘tgan yil mobaynida faol foydalanuvchilar soni 14 foizga ko‘payganini bildirdi. Ma’lumot berilishiga ko‘ra, ko‘pchilik a’zolar mobil qurilmalardan kirishadi.

Mobil foydalanuvchilar soni o‘tgan yilgidan 21 foizga oshdi. Ular kompaniyaning 80 foizdan ortiq reklama daromadini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz: feysbuk asoschisi Sukerberg kompaniyaning 99 foiz aksiyasini xayriya qilishni va’da bergan. Taxminiy mablag‘ miqdori 45 mlrd dollarga teng.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.