Sun’iy intellekt bahsi: ovozli yordamchilardan qay biri eng aqlli?

  •   DiMaX
  •  1349
  •  22.11.2019 15:40

Sun’iy intellekt bahsi: ovozli yordamchilardan qay biri eng aqlli?

Turli kompaniyalar o‘z gadjetlari va dasturiy ta’minot mahsulotlarining foydalanuvchilari uchun virtual ovozli yordamchilarni taqdim etishgan. Xo‘sh, amalda ulardan qay biri savollarga aniqroq javob beradi?

O‘QING: Google Assitant, Alexa, Siri, Cortana, Bixby. Innaykeyin-chi?

AQShdagi Perficient Digital kompaniyasi mutaxassislari shu masala yuzasidan tadqiqot o‘tkazib ko‘rishdi. Tajriba jarayonida foydalanuvchilarning besh mingdan ortiq savollariga Alexa (Amazon), Assistant (Google), Cortana (Microsoft), Siri (Apple) kabi virtual yordamchilar qanchalik aniq javob bergani o‘rganildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovlarga Google Assistant eng to‘g‘ri javob berar ekan:

Ikkinchi o‘rinni Amazon kompaniyasining Alexa virtual yordamchisi egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onani Apple mahsuloti – Siri band etdi. Microsoft taqdim etgan Cortana ovozli yordamchisi esa ulardan ancha orqada ekan.

Mutaxassislar qayd etishlaricha, Alexa hamda Siri’da o‘ziga xos yumor tuyg‘usi mavjud ekan. Biroq Apple ovozli yordamchisi AQSh prezidenti Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qilgan edi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!