Sun’iy intellekt koronavirusni test qo‘llamasdan aniqlashni o‘rgandi!

  •   DiMaX
  •  336
  •  13.05.2020 12:55

Sun’iy intellekt koronavirusni test qo‘llamasdan aniqlashni o‘rgandi!

Nature Medicine ommabop nashrida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, olimlar sun’iy idrokni an’naviy testlarni ishlatmasdan turib kishida koronavirus mavjudligini aniqlashga o‘rgatishgan. Mazkur tadqiqotni London Qirollik kolleji, Massachusets umumiy profilli shifoxonasi va ZOE tibbiyot kompaniyasi olimlari hamkorlikda o‘tkazishgan.

O‘QING: Aeroportda barcha virus va bakteriyalarni 40 soniyada yo‘q qiluvchi kabina o‘rnatildi

Ushbu dastur «asos» sifatida COVID Symptom Study ilovasidan olingan ma’lumotlardan foydalanadi. Sun’iy ong an’anaviy koronavirus testlari natijalarini muayyan kishidagi belgilar bilan taqqoslab, unga COVID-19 yuqqan yo yuqmagnligini prognoz qiladi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, sayyoramizning an’anaviy test usullaridan foydalana olmaydigan hududlarida ayni mana shu usul o‘ta samaralidir. Bundan tashqari, tadqiqotchilar sun’iy intellekt orqali prognozlash orqali kasallikni ancha erta bosqichlarida aniqlash mumkinligini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq biz smartfonga o‘rnatiluvchi, koronavirusni yarim soatdayoq aniqlaydigan yangi ko‘chma test haqida yozgandik.

O‘QING: Koronavirus haqida yozib kelayotgan blogerlar izsiz g‘oyib bo‘ldi