Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  9239
  •  27.05.2020 09:34

Super-arzon Redmi 10X 4G smartfonini qarshi oling!

Xiaomi korporatsiyasi kecha – 26 may kuni Redmi 10X 5G smartfonini namoyish qilgan. Kutilmaganda uning yanada ilg‘or versiyasi – Redmi 10X Pro ham chiqqan va biz ularning o‘zaro farqlarini taqqoslab, videosini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Redmi K30i 5G namoyish qilindi – Snapdragon chipli eng arzon 5G-smartfon!

Bu ikkalasidan tashqari, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan Redmi 10X 4G ham taqdim etildi. Garchi qiyofasi ikkita «og‘a»siga o‘xshab ketsa-da, bu umuman boshqacha smartfondir.

Redmi 10X 4G modeli MediaTek Helio G85 protsessori bazasiga qurilgan va ikki xil konfiguratsiyada chiqadi. Tezkor/ichki xotirasi 4/128 gigabaytligi bor-yo‘g‘i 140 dollar, 6/128 GB gigabaytligi esa 168 dollar turadi.

O‘QING: Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Bu smartfon 6,53 dyuymlik IPS-ekranga, 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik kvadrokameraga, 13 MPlik old kameraga hamda orqa panelga joylashgan daktiloskopga ega. Redmi uni qadoqdanoq MIUI 12 grafik qobig‘i bilan chiqaryapti.

Redmi 10X 4G akkumulyatori 5020 mA/soatlik bo‘lib, 18 vattlik tezkor quvvatlanadi. Uning korpusida infraqizil port hamda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik standart audiotirqish mavjud. Mazkur smartfon Xitoyda allaqachon sotuvga qo‘yildi, xorij bozoriga chiqish-chiqmasligi hozircha noma’lum.

O‘QING: Xiaomi va Redmi smartfonlarini 31 maygacha yanada arzon olishingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!