Superflagman dizaynli Redmi 10 do‘konga chiqdi: har tomonlama suratlari, va narx xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  2245
  •  09.08.2021 09:32

Superflagman dizaynli Redmi 10 do‘konga chiqdi: har tomonlama suratlari, va narx xususiyatlari

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi kuni kecha Redmi Note 10 JE rusumli smartfonini taqdim etgan edi. Mazkur kompaniya allaqachon navbatdagi – Redmi 10 modelini ham tayyorlab ulguribdi.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

Singapur internet-do‘konlaridan biri hali rasman namoyish qilinmagan Redmi 10 smartfonining batafsil xususiyatlari va rasmlarini, hatto narxini ham e’lon qilib yubordi. Unga ko‘ra, bu yangi qurilma bultur may oyida taqdim etilgan super-arzon Redmi 10X 4G modelidan sal yaxshiroq.

Mazkur gadjetda IPS matritsali displeyning o‘lchami – diagonaliga 6,5 dyuym, tasvir aniqligi Full HD+ formatida, kadr yangilanish chastotasi esa 90 gerslik. Ekran yuzasiga Gorilla Glass 3 toblangan shishasi yotqizilgan, displey tirqishiga 8 megapiksellik old kamera datchigi o‘rnatilgan.

Redmi 10 telefonining bosh kamerasi kompaniyaning yubiley superflagmani – Xiaomi Mi 10 Ultra dizaynida ishlangan. Unga to‘rtta – aniqligi 50 + 8 + 2 + 2 megapiksellik optik datchiklar o‘rnatilgan.

O‘QING: DxOMark biryo‘la ikkita yo‘nalishda rekord o‘rnatgan yangi «kamerofonlar qiroli»ni e’lon qildi

Smartfon MediaTek Helio G88 protsessori bazasida tayyorlangan bo‘lib, Android 11 boshqaruvi ostida, MIUI 12 interfeysi bilan ishlaydi. Uning akkumulyatori 5000 mA/soatlik va u simli usulda maksimal 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi.

Redmi 10 korpusining o‘lchami 162x75,3x8,95 millimetrga teng bo‘lib, uch xil – ko‘k, oq va kul rang tuslarda taklif etiladi. Do‘konga chiqarilgan variantining tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 6/128 gigabaytlik va uning narxi 185 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Xiaomi bu mahsulotini qachon taqdim etishi va rasman qaysi mamlakatlar bozorlariga chiqarishi hozircha noma’lum. Uning hozirgacha O‘zbekistonda sotilayotgan smartfonlarining Mediapark.uz, Asaxiy.uz, Openshop.uz hamda Olcha.uz onlayn do‘konlaridagi narxlari bilan esa mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: TOP-10: Hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari (AnTuTu reytingi, 2021 yil iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!