Superflagmanlarda maqtanish uchun yangi chipset

Superflagmanlarda maqtanish uchun yangi chipset

O'tgan yili taqdim qilinganidan keyin Snapdragon 8 Gen 1 chipseti ko'plab Android smartfonlarini yuqori darajaga olib chiqdi. Biroq, Qualcomm endilikda undan yaxshirog'ini, kelajak flagman smartfonlarda maqtanishga arziydigan Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetini rasman taqdim qildi.

Avvalgisidan 10 foiz tezroq CPU va GPU ishlashi va 30% quvvat kam sarflashi bilan yangi Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti umumiy 15 foizga yaxshilangan va shuncha kam batareya quvvatini sarflaydi. Yanada tushunarliroq qilib aytadigan bo'lsak, yangi chipset o'rnatilgan smartfon eskisi o'rnatilgan smartfondan ko'ra deyarli 1 soat ko'proq o'yin o'ynash yoki undan ko'proq vaqt video strim qilish imkonini beradi. Xabarlarga ko'ra, kompaniya bunday natijaga erishish uchun chipsetning quyish zavodini Samsung Foundry'dan TSMC'ga o'zgartirgan. Ta'kidlash joizki, chipsetning 5G'da sekundiga 10 GB tezlikda yuklanishni va 8K videoga olish ko'rsatkichlari o'zgarmagan.

Qualcomm'ning ma'lum qilishicha, yangi chipset o'rnatilgan superflagmanlar joriy yilning uchinchi choragidan chiqariladi.

O'QING: Samsung'dan elektromobil kutmang!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.