Supermarket o‘z xaridoriga olma o‘rniga... iPhone eltib berdi!

  •   DiMaX
  •  670
  •  19.04.2021 11:42

Supermarket o‘z xaridoriga olma o‘rniga... iPhone eltib berdi!

Onlayn do‘konlardan biror gadjet buyurtma qilib chuv tushganlar – buyurtmasi o‘rniga shu devays hajmicha va vaznicha keladigan boshqa narsalar olganlar uchrab turadi. Masalan, yaqinda Apple rasmiy saytida 1563 dollarlik buyurtma qilgan qizga iPhone 12 Pro Max o‘rniga olmali yogurt kelgan edi.

O‘QING: OLX.UZ’dagi arzon ayfonga uchib, 500 dollarga chuv tushgan hamyurtimiz

Lekin aksincha holatlar ham uchrab turar ekan: Buyuk Britaniyada yashovchi Nik Jeyms (Nick James) o‘tgan haftada shunday syurprizga duch keldi. U o‘zi mijozi bo‘lgan Tesco supermarketlar tarmog‘ida onlayn xarid rasmiylashtirgan edi, buyurtmasi bilan birga bir dona iPhone SE 2020 smartfonini ham yetkazib berishdi!

Keyin ma’lum bo‘lishicha, bu biror xatolik emas, balki Tesco supermarketlar tarmog‘ining rag‘batlantirish dasturi ekan. Ular xaridlarni onlayn shaklda amalga oshiruvchi mijozlari orasidan tasodifiy tanlash yo‘li bilan ayrimlarga ayni shu rusumdagi ixcham ayfondan ulashyapti.

O‘QING: Eski rusumdagi ayfonni atigi 2 dollarga iPhone 12’ga «aylantirish» yo‘li topildi!

Tesco supermarketlar tarmog‘i butun Buyuk Britaniya bo‘ylab yo‘lga qo‘ygan ushbu marketing kampaniyasi «Super almashtirish» (Super Substitute) deb nomlanadi. Mazkur aksiyaga ko‘ra onlayn buyurtmalar orasidan tasodifiy bir tovar o‘rniga kutilmagan sovg‘ani solib jo‘natishadi.

Nik Jeyms bundan xursand bo‘lib, quvonchini Twitter tarmog‘i orqali barcha bilan baham ko‘rdi. Uning xarid savatchasida ayfonga almashtirilgan «tasodifiy tovar» esa olma bo‘lgan ekan.

O‘QING: Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!