Superqahramonlar fayting-o‘yinini 25 iyungacha PS4, Xbox hamda kompyuterga butunlay va bepul olib qo‘ying (+video)

  •   DiMaX
  •  1036
  •  20.06.2020 14:44

Superqahramonlar fayting-o‘yinini 25 iyungacha PS4, Xbox hamda kompyuterga butunlay va bepul olib qo‘ying (+video)

Ubisoft kecha – 19 iyundan boshlab uch kun mobaynida Assassin’s Creed Origins o‘yinini bepul taqdim etyapti. 25 iyungacha esa Epic Games do‘koni Pathway nomli o‘yinni bepul va butunlay ulashyapti.

O‘QING: PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

Bulardan tashqari, geymerlar uchun 25 iyungacha Injustice: Gods Among Us nomli fayting o‘yinni bepul olib qo‘yish imkoni ham taqdim etilmoqda. Shu muddatda uni olib qo‘ygach, uyog‘iga bepul o‘ynayverish mumkin. Jamlanmaga qo‘shimcha xaritalar, DLC-personajlar va kostyumlar ham kiritilgan.

Injustice: Gods Among Us o‘yinini PlayStation 4 pristavkalariga ushbu, kompyuterlarga mana bu havolalar orqali yuklab olish mumkin. Xbox One sohiblari esa bu o‘yinning Xbox 360 konsoliga mo‘ljallangan versiyasini mazkur havola orqali yuklab olishadi. So‘ng esa uni Microsoft’ning yangi avlod pristavkasida, «xarid qilingan o‘yinlar» bo‘limidan ishga tushirishadi.

Faqat bu o‘yin barcha platformalar uchun 25 iyungacha bepul ekanligini, keyin yana pulli bo‘lib qolishini esdan chiqarmang. Shungacha olib ulgurganlar esa Injustice: Gods Among Us o‘yinini keyin bir umr bepul o‘ynayverishadi.

O‘QING: Epic Games Store tekinga tarqatgan o‘yinlarning asl narxini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!