Suratga olish, o‘yin va musiqaga mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1825
  •  19.09.2020 15:10

Suratga olish, o‘yin va musiqaga mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi

Sony kompaniyasi o‘zining Xperia 5 II flagman smartfonini taqdim etdi. Uni bir nechta talablar inobatga olingangan holda yaratishgan: kameralar imkoniyati kengaytirilgan, o‘yin va boshqa mobil ilovalardagi yuqori ishchanlik, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va hokazo. Bu xususda 4PDA.ru resursi xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

Snapdragon 865 protsessori bazasidagi smartfon 6,1 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘lib, 120 gersli ekran yangilanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari sozlamalar menyusida ekranni tomosha qilish va kalibrovkali kontentini yaratishning maxsus rejimi ham mavjud bo‘lib, u professional monitorlarga mos keladi.

Ishlab chiqarishuvchi qurilmaning ovoz chiqarish qismiga ham alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, Sony Xperia 5 II modeliga Dolby Atmos texnologiyasini o‘rnatgan va 3,5 millimetrli razyomni saqlab qolgan. Gadjetda ikkita stereodinamik mavjud — korpusning yuqori va pastki qismida bittadan.

Sony Xperia 5 II’ning asosiy kamera modulida birdaniga uchta datchik taqdim etilgan — ularning fokus oralig‘i 16, 24 va 70 millimetrni tashkil etadi. Shunday qilib, smartfon standart portret ob’yektiv, keng burchak va suratga olishda televik funksiyasini ta’minlay oladi. Ishlab chiqaruvchi kameralarni yaratishda taniqli Zeiss kompaniyasi optikalaridan foydalangan.

Flagmanga sig‘imi 4000 mA/soatga teng va 21 vatli tezkor quvvatlanishga ega akkumulyator o‘rnatilgan. Yangi model geymerlar uchun mo‘ljallangani hisobga olinib, Sony unga batareyani nazorat qilishning maxsus rejimi va zamonaviy sovutish tizimini o‘rnatgan. Qurilma 30 daqiqada 50 foizga quvvatlanadi, korpusi esa IP65/68 standarti bo‘yicha himoyalangan.

O‘QING: Android 11’gacha birinchi to‘lqinda yangilanuvchi 129 ta smartfon ro‘yxati chiqdi!

Sony Xperia 5 II’ning texnik tavsifi:

Displey: OLED, 6,1", Full HD+, 120 Gs, 21:9;

Protsessor: Snapdragon 865;

Tezkor xotira: 8 Gb;

Ichki xotira: 128/256 Gb;

Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2, 16 mm) + 12 Mp (f/2.4, 70 mm) + 12 Mp (f/1.7, 24 mm);

Old kamera: 8 Mp;

Akkumulyator: 4000 mA/soat;

O‘lchamlari: 158 x 68 x 8 mm;

Og‘irligi: 163 gramm.

Narxi 900 dollar atrofida bo‘lgan smartfonga oldindan buyurtma berish 17 sentyabr kuni boshlangan bo‘lib, u 18 oktyabrga qadar davom etadi.

O‘QING: Sony Ericsson taqdim etmagan, uch ekranli buklamafon-pleyer sotuvga chiqdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!