Survival Game’ni qarshi oling: Xiaomi ham PUBG va Fortnite kabi o‘yin taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  2542
  •  21.01.2019 18:37

Survival Game’ni qarshi oling: Xiaomi ham PUBG va Fortnite kabi o‘yin taqdim etdi!

Xiaomi kompaniyasi turli zamonaviy gadjetlar, «aqlli uy» jihozlari bilan nom qozonib ulgurgan. Shu bilan birga, u dasturiy ta’minot borasida ham o‘zini ko‘rsatmoqda.

O‘QING: Xiaomi barcha Android-smartfonlar uchun Mint brauzerini taqdim etdi: tezkor, tejamkor, xavfsiz va reklamasiz!

«Xitoycha Apple» endi «Shohona jang» – Battle Royale janridagi o‘z o‘yinining beta-versiyasini taqdim etdi. U Survival Game («Jon saqlash o‘yini») deb nomlangan bo‘lib, butun jahonda juda ommalashgan PUBG hamda Fortnite o‘yinlaridan nusxa olib yaratilgan.

Survival Game ushbu janrdagi o‘yinlar uchun umumiy bo‘lgan mexanikani taklif etadi: ishtirokchilar real vaqt rejimida, ulkan maydonda, to so‘nggisi qolgunicha o‘zaro olishadilar. Uning boshqalardan farq qiluvchi jihati shundaki, ozmi-ko‘pmi mazmunli syujetga, shuningdek, kelajak qurollari va harakatlanish vositalari ko‘rinishidagi ilmiy-fantastik mundarijaga ega.

O‘QING: 2018 yildagi eng zo‘r o‘yinlar: PlayStation Blog versiyasi

O‘yin personaji avvalo, jangning asosiy qismi bo‘lib o‘tadigan orolgacha yetib olishi kerak bo‘ladi. O‘yin davomida qurollar, o‘q-dorilar, dori-darmonlar va boshqa narsalarni terib olish mumkin. Shuningdek, orolda harbiy bazalar, omborlar va laboratoriyalar ham mavjudki, ularda ko‘plab foydali narsalar topiladi.

Survival Game boshqarilishi esa shu kabi o‘yinlardagi singari: personajni harakatlantirish uchun virtual analogli joystikdan, mo‘ljalga olish, otish va qurolni almashtirish uchun tugmachalardan foydalaniladi. Janglar davomida xaritani hamda o‘yin statistikasini ko‘rish mumkin.

Xiaomi smartfonlari egalari Survival Game o‘yinini Mi App Store ilovalar katalogi orqali o‘rnatishlari mumkin. Boshqa Android-smartfonlar esa uning APK-faylini mana bu havola yordamida yuklab olib o‘rnatsalar bo‘ladi, fayl hajmi 1 gigabaytga teng. iOS tizimi uchun ushbu o‘yin taqdim etilmagan va kelajakda bo‘lish-bo‘lmasligi ham noma’lum.

O‘QING: Steam Awards: 2018 yilning eng zo‘r o‘yinlari (Valve versiyasi)