Suv tubida sakkiz oy jon saqlagan smartfon o‘z egasini ham hayratga soldi!

  •   DiMaX
  •  2604
  •  18.05.2020 18:00

Suv tubida sakkiz oy jon saqlagan smartfon o‘z egasini ham hayratga soldi!

Bir paytlar Phone X ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayvergani haqida yozgandik. Shuningdek, samolyotdan tushib ketganidan 13 oy o‘tgach «tirik» holda topilgan smartfon videosini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Sensatsiya: LG G6 bir sutka muz ichida «jon saqladi»!

Xitoyda bo‘lib o‘tgan voqea esa yanada qiziqarli: 2019 yilning sentyabrida Chjou familiyali sayyoh bir do‘sti bilan daryoda baliq ovlayotib, iPhone’ini suvga tushirib yuborgan. Smartfoni yo‘qolganini u qirg‘oqqa qaytganidan keyingina payqagan, ammo suv loyqa bo‘lgani uchun uni topishdan umidini uzib, qidirmay qo‘yaqolgan.

Oradan sakkiz oy o‘tib, notanish bir kishi qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini janob Vu deb tanishtirib, uning ayfonini topib olganini aytgan. Aytishicha, suv sathi pasayganidan so‘ng smartfon ko‘rinib qolgan, olib qarasa, g‘ilofi ichida janob Chjou tashrif qog‘ozi (vizitkasi) ham bor ekan.

Rasmiga qaraganda, bu iPhone 7 Plus modeliga o‘xshayapti:

Chjou dastlab, buni biror firibgar pul undirish uchun qilyapti, deb o‘ylagan. Lekin oradan biroz vaqt o‘tgach, smartfoni pochta orqali yetib kelgan va u ishlayotgan ekan!

«Bu yil men yana o‘sha daryoga baliq ovlagani boraman va janob Vu bilan bu topilmani nishonlayman», – deydi janob Chjou.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7’ni suv tubida ham ishlatib ko‘rsatishdi – «joni toshdan» ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.