Suv va changdan himoyali Galaxy A72 ham taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1937
  •  18.03.2021 16:57

Suv va changdan himoyali Galaxy A72 ham taqdim etildi!

17 mart kuni o‘tkazilgan Galaxy Unpacked tadbirining asosiy qahramonlari o‘rta narxli smartfonlar turkumining ikkita vakili bo‘ldi. Bulardan birinchisi Galaxy A52 hamda Galaxy A52 5G versiyalarida chiqqan bo‘lsa, Galaxy A72 modeli faqat 4G talqinda namoyish qilindi – uning 5G-versiyasi (har holda, hozircha) yo‘q!

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy A72 4G anboksing videosi, narx va jihatlari bilan batafsil tanishing!

Samsung Galaxy A72 smartfoni korpusi sal kattaligini aytmasa, tashqi ko‘rinishidan o‘sha Galaxy A52 modellari bilan bir xil. Biroq o‘ziga yarasha farqlari ham bor. Avvalo, unda Super AMOLED ekran o‘lchami diagonaliga 6,7 dyuymga yetkazilgan, kadr yangilanish chastotasi 90 gerslik. Displeyning qolgan xususiyatlari ikkala Galaxy A52 ekraniniki bilan bir xil.

Akkumulyatorning tok sig‘imi ham 5000 mA/soatga yetkazilgan va u 25 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvat oladi. Smartfon korpusi 203 gramm tosh bosadi.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Galaxy A52 gadjetining kvadrokamerasidagi 5 megapiksellik chuqurlik sensori o‘rniga Galaxy A72 modelida 8 megapiksellik modul qo‘llangan. Bu datchik uch karralik optik va 30 karralik raqamli zumga ega bo‘lib, teleob’yektiv bilan birikkan.

Bu smartfonning boshqa barcha kameralari ham Galaxy A52 devaysidagi bilan bir xil: 64 MPlik asosiy, 12 MPlik keng burchakli va 5 MPlik makrokamera. Old kamerasi ham farq qilmaydi – ekran tirqishiga 32 megapiksellik sensor o‘rnatilgan.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Galaxy A72 korpusi ham IP67 standartida chang va suv kirishidan himoyalangan. Unda ham, xuddi 4G-versiyadagi Galaxy A52 smartfoni singari, Snapdragon 732G protsessori qo‘llangan. Uning boshqa texnik jihatlari ham shu «ini»sining xususiyatlari bilan bir xil – ular bilan mana bu xabarimizda batafsil tanishsangiz bo‘ladi.

Samsung Galaxy A72 smartfoni 6/8 gigabaytlik tezkor hamda 128/256 gigabaytlik ichki xotiralarga ega variantlarda, 450 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotiladi.

O‘QING: Rossiyada allaqachon Galaxy A52 hamda Galaxy A72’ga buyurtma berish mumkin – aniq narxlar!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!