Suvdan himoyali smart-soatni atigi 16 dollardan sotishyapti, lekin u avval yanada arzon edi!

  •   DiMaX
  •  866
  •  26.06.2020 10:41

Suvdan himoyali smart-soatni atigi 16 dollardan sotishyapti, lekin u avval yanada arzon edi!

Xiaomi o‘tgan yilning oktyabrida Youpin kraudfanding platformasida Haylou LS01 rusumli aqlli soat uchun jamoaviy moliyalashtirish e’lon qilgandi. O‘shanda istovchilar mazkur gadjet uchun bor-yo‘g‘i 14 dollar evaziga avvaldan buyurtma berishgan.

O‘QING: Xiaomi quvvati 30 kunga yetuvchi, himoyalangan smart-soat taqdim etdi

Endi esa Haylou LS01 ochiq savdoga ham chiqarildi va narxi avvalgidan salgina oshdi – Xitoyda uni atigi 16 dollarga olish mumkin. Ushbu aqlli soat 9 xil sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, qadamni sanaydi, uyqu sifati va davomiyligini kuzatib boradi.

Haylou LS01 diagonaliga 1,3 dyuymlik, aniqligi 240x240 piksellik TFT-ekran bilan jihozlangan. Soat vazni atigi 34 gramm keladi, u g‘ovak tasmachaga ega. Afzalliklaridan biri – aksessuar korpusi IP68 standartiga ko‘ra muhofaza etilgan.

Ushbu qurilma yurak ritmini o‘lchovchi optik datchik bilan ham jihozlangan – u 24 soat mobaynida pulsni monitoring qilib borishga qodir. Haylou LS01 bu rejimda ishlatilganida, akkumulyatorining quvvati 10 kunga yetadi. Agar yurak ritmi datchigi o‘chirib qo‘yilsa, smart-soat avtonomligi 14 kungacha boradi.

O‘QING: Realme ilk smart-soatini chiqardi: narx va jihatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!