Suyuq batareya yaratildi: bu inqilobmi?

  •   Saroy
  •  1444
  •  26.07.2018 13:44

Suyuq batareya yaratildi: bu inqilobmi?

Stenford universitetida suyuq metall asosida batareya yaratildi. Ular boshqa batareyalarga qaraganda ancha kuchli va xavfsiz.

Amerikalik muhandislar suyuq batareyaning klassik chizmalarini modifikatsiya qilishdi. Katod sifatida ular kaliy va natriy eritmasini ishlatishdi. Ular xona haroratida suyuq holatini saqlab turadi. Bu kabi material energiyaning o‘ta yuqori zichligiga ega bo‘ladi, ya’ni boshqa, tarkibi shunga o‘xshash batareyalarga qaraganda zichlik 10 barobarga ko‘p bo‘ladi. Yangi batareyaning membranasi kaliy va alyuminey oksidi bilan qoplangan  sopoldan yasalgan.

O‘QING:Litiy-ionli batareya ixtirochisi yangi quvvatlash texnologiyasini kashf qildi

Olimlar guruhi bunday membrana natriy ionini anodga o‘tkazmay o‘ta yuqori bog‘lanuvchanlikni saqlab qolishini aniqlashgan. Ishlab chiqarishda eng asosiy muammo shunda bo‘lganki, bunday membrana 200 daraja Selsiyda yanada samarali ishlagan. Membrana qalinligi bilan eksperiment qilish natijasida olimlar qurilmaning kuchini sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribada suyuq batareya uzluksiz ravishda 1000 soat ishlagan.

Shu bilan birga ixtirochilar yangi qurilmaning eng yuqori kuchlanishini boshqa  batareyalar bilan taqqoslaganda ikki barobarga oshirishga erishganlar. Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur texnologiya keng tus olishi mumkin hamda modernizatsiya qilish imkoniyati ham katta.

O‘QING:Top-5: ishonchli akkumulyatorga ega smartfonlar, ularning yurtimizdagi narxlari

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!