Svet o‘chsa, o‘chaversin — 27,000,000 mAs sig‘imli ulkan powerbank yaratildi

Svet o‘chsa, o‘chaversin — 27,000,000 mAs sig‘imli ulkan powerbank yaratildi

Bozordagi aksariyat powerbank'lar yetarli quvvatga ega emas deb o‘ylaydiganlar uchun xitoylik muhandislar 60 ta konnektor bilan jihozlangan ulkan “mobil“ akkumulyatorni yaratdilar.

Uning ichida umumiy quvvati 27 million mAs bo‘lgan qayta zaryadlanuvchi batareyalar bor. Bunday qurilma bilan 3,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan 5000 ta smartfonni quvvatlash mumkin. Bundan tashqari, u orqali elektr jihozlardan ham foydalanish mumkin. 

Misol tariqasida, bir kishi baliq ovlash paytida televizorni ushbu qurilmaga ulagan. Bundan tashqari, boshqa maishiy texnikalardan ham foydalanilgan. Birgina savol shundaki, bunday ulkan powerbank bilan sayohat qilish qanchalik qulay. 

Ginnesning rekordlar kitobi vakillarining e’tiboriga sazovor bo‘lgan mahsulotning narxi, afsuski, aytilmagan. 

O‘QING: Xitoylik kompaniya iPhone 13 Pro'ning orqa panel dizaynini shundoqligicha ko‘chirib oldi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!