SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  3298
  •  07.12.2018 12:04

SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

Amerikalik chipsoz o‘zining eng ilg‘or – Snapdragon 855 protsessorini kuni kecha rasman namoyish etdi. Shuningdek, bu chipsetning samaradorligi Android-smartfonlar uchun ishlab chiqarilgan barcha protsessorlardan ustun ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Nihoyat, Qualcomm Snapdragon 855 protsessori taqdim etildi va AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!

Shundan keyin Snapdragon 855 chipi bazasidagi ilk smartfon ham darrov e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu – Xiaomi kompaniyasining allaqachon rasman taqdim etilgan Mi Mix 3 flagmani bo‘lib chiqdi!

Gap shundaki, Mi Mix 3 taqdimoti davomida «xitoycha Apple» uning 5G-modemli versiyasi ham mavjudligi, faqat uni hali 2019 yili bozorga chiqarishlarini aytgandi. O‘shanda barcha, Mi Mix 3’ning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oluvchi talqini ham boshqalari qatori Snapdragon 845 chipiga ega, faqat unga 5G-modem qo‘shilgan, deya taxmin qilgandi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3s: suratlari, taqdimot vaqti, narxi va texnik jihatlari

Vaholanki, ilg‘or konfiguratsiyadagi Mi Mix 3 slayderi o‘shanda hali rasman taqdim etilib ulgurmagan Snapdragon 855 protsessoriga ega ekan! Shu tariqa, amerikalik chipsoz mazkur mahsulotini rasman taqdim etgach, Xiaomi ham yangi chipda ishlovchi Mi Mix 3’ni qaytadan taqdim etdi.

Demak, ushbu slayder flagmanning ilg‘or versiyasidagi Snapdragon 855 protsessori jamlanmasida Snapdragon X50 modemi ham mavjud bo‘lib, u beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida soniyasiga 2 gigabitgacha tezlikda ma’lumot almasha oladi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 3 flagmanining eng qimmat versiyasi sotuvga chiqyapti!

Shuningdek, internetda tarqalgan yangi videoda 5G-versiyadagi Mi Mix 3 orqali Xiaomi’ning «aqlli» stol chirog‘ini boshqarish jarayoni ham aks ettirilgan:

Ko‘rib turganingizdek, bu smartfon yordamida chiroqni nafaqat o‘chirib-yoqish, balki hatto uning nuri rangini istaganingizcha o‘zgartirish ham mumkin.

Snapdragon 855 protsessorli Mi Mix 3 bozorga qachon taqdim etilishi hozircha aytilmagan. Ammo «xitoycha Apple»ning bir qator smartfonlarini esa 809 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 3 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!