Tadbirkorlar uchun interaktiv xizmat: tekshiruvlar haqida Telegram-bot orqali bepul ma’lumot oling!

  •   DiMaX
  •  1020
  •  04.03.2021 10:14

Tadbirkorlar uchun interaktiv xizmat: tekshiruvlar haqida Telegram-bot orqali bepul ma’lumot oling!

Keyingi paytlarda O‘zbekistondagi turli muassasalar Telegram messenjerining imkoniyatlaridan keng foydalanib, aholi uchun qulayliklar yaratishmoqda. Masalan, kuni kecha xorijga chiqishga «taqiq» bor-yo‘qligini Telegram-bot orqali tekshirish usuli haqida yozgan edik.

O‘QING: Instagram va Telegram’dagi tadbirkorlar DSQda ro‘yxatdan o‘tishlari shart!

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlar uchun yangi interaktiv xizmat ishlab chiqildi. U orqali tadbirkorlik sub’yektlari o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni olish imkoniyatiga ega. Ushbu xizmatlar barcha foydalanuvchilarga bepul shaklda amalga oshiriladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun Telegram’dagi @tekshiruvinfo_bot orqali korxona STIRni so‘rov shaklida yuborish kifoya.

«Tekshiruv info bot» qo‘llanmasi:

1. «@tekshiruvinfo_bot» manzili bo‘yicha toping va «Start» tugmachasini bosing.

2. «Biznez info» kanaliga ushbu manzil orqali qo‘shiling, kanalga a’zo bo‘linmasa bot ishga tushmaydi.

3. Korxona STIR (INN) raqamini botga yuboring va tekshiruv haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.

«Tadbirkor o‘zida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tekshirishni bilishga haqli», deydi biznes-ombudsman D.Kasimov.

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?